Unda yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar, Davlat xizmatlari markazi, FHDY, Yuridik xizmat koʻrsatish markazi hamda adliya boʻlimi ish faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, Ularni qiziqtirgan bir qancha savollarga boshqarma rahbariyati hamda xodimlari tomonidan javob berish barobarida hayotda va kasbiy faoliyatda kerak bo‘ladigan muhim tavsiyalar berildi.
Termiz shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan shahardagi "Kattabogʻ" MFY hududida joylashgan 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosida yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahsda g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi.
Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchi yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1-son “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror haqida hamda bezorilik, firibgarlik, o‘g‘irlik va boshqa jinoyatlar va ularning oqibatlari bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi.
Unda yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek adliya tizimi tarixi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish hamda boshqarmaning boshqa sho‘balari ish faoliyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, Ularni qiziqtirgan bir qancha savollarga boshqarma rahbariyati hamda xodimlari tomonidan javob berish barobarida hayotda va kasbiy faoliyatda kerak bo‘ladigan muhim tavsiyalar berildi.
Davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, ishlab chiqarish, ijtimoiy va boshqa sohalar vakillari, nuroniylar va faol yoshlar ishtirok etgan tadbirda Konstitutsiyamiz mamlakatimizda milliy mustaqilligimizni mustahkamlash, tinchlik va barqarorlik, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni saqlash, islohotlarimizning ortga qaytmas tus olishini ta’minlashda doimo ishonchli.
Mazkur bayram tadbirida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi ham munosib ishtirok etib, "Konstitutsiya koʻchasi" doirasida ko'rgazmali targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Shuningdek, tadbirga tashrif buyurgan yoshlar o'rtasida huquqiy viktorinalar o'tkazilib, gʻoliblar munosib taqdirlandi.
Termiz shahar adliya bo‘limiga otaliqqa biriktirilgan 23-sonli maktabda amaliyotchi huquqshunos “Surxon Barkamol Imkon” advokatlik hay’ati advokati Dilmurod Pardaev hamda Termiz shahar adliya bo‘limi YuXKM bosh yuriskonsulti Sanjarbek Akramovlar ishtirokida Inson huquqlari, shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar, Huquq va burchlarning o‘zaro bog‘liqligi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun mohiyati mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlar o‘rtasida mafkuraviy immunitet, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik tuyg‘ularini shakllantirish, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishning oldini olishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.
Tuman adliya bo'limi boshlig‘i N.Mamadiyev hamda tuman saylov komissiyasi raisi o'rinbosari B.Umarov tomonidan migratsiyada bo'lib turgan fuqarolar va yoshlarga, 27-oktyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman(shahar) kengashlariga deputatlik saylov jarayonlarida bevosita ishtirok etishlari haqida so‘z olib borildi.
Shuningdek, videomuloqotda ishtirok etgan yoshlarning kelgusidagi ishlariga muvaffaqqiyatlar tilagan holda, ularni har xil yod g‘oyalarga berilmasliklari bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.
Ushrashuv davomida 530 nafardan ortiq migratsiyada bo'lib turgan fuqarolar hamda yoshlar bilan online tarzda muloqot olib borildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda viloyat yuridik texnikumi talabalari bilan birgalikda Termiz shahridagi 15-sonli maktabda yoshlar uchun "Tengdoshimga huquqiy yordam" shiori ostida "Islohotlarga dahldorman" aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirda yoshlarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash, ular qalbida ona Vatanga muhabbat, kitob o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish mavzularida davra suhbatlari tаshkil qilindi.
Shuningdek, qonunchiligimizda yoshlarga berilgan imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Tadbir davomida, yoshlar o‘rtasida huquqiy viktorinalar tashkil etildi.
Tadbir so‘ngida g‘oliblar munosib taqdirlandi.
Qumqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi yoshlar uchun Tengdoshimga huquqiy yordam" shiori ostida "Islohotlarga dahldorman" aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirda yoshlarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash, ular qalbida ona Vatanga muhabbat, kitob o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish mavzularida davra suhbatlari tаshkil qilindi.
Shuningdek, qonunchiligimizda yoshlarga berilgan imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Tadbir davomida, yoshlar o‘rtasida sportning futbol, shaxmat, shashka turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Tadbir so‘ngida g‘oliblar munosib taqdirlandi.
Toshkent Davlat yuridik universiteti hamda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyatidagi yoshlar uchun targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirlarda yoshlarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash, ular qalbida ona Vatanga muhabbat, kitob o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish mavzularida davra suhbatlari tаshkil qilindi.
Shuningdek, qonunchiligimizda yoshlarga berilgan imkoniyat va imtiyozlar to‘g‘risida yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Boysun tumani 39-sonli maktabda yoshlarning huquqiy savodxonligi va huquq sohasiga oid qiziqishlarini oshirish, ularning muammolarini o'rganish, taklif va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash hamda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar mohiyatini yetkazish, ularda jinoyat va huquqbuzarliklarning har qanday turiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan bir qator huquqiy, madaniy va sport tadbirlari, "Zukko kitobxon" tanlovi, "Zakovat" intellektual o'yinlari tashkil etildi.
Shunigdek, g'oliblarga adliya boshqarmasi tomonidan esdalik sovg'alar ulashildi.