Yangiliklar
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг кенгайтирилган Ҳайъат мажлиси бўлиб ўтди. Мажлисни адлия вазири Н.Йўлдошев бошқарди.
Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchilari va talabalaridan iborat targ‘ibot guruhi Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida bo‘lishdi.
Tashrif davomida:
???? Adliya organlari faoliyati, ularning jamiyatdagi o‘rni va dolzarb vazifalari yuzasidan nazariy hamda amaliy ma’lumotlar berildi.
????Bunday uchrashuvlar yoshlarimizda huquqiy madaniyatni yanada yuksaltiradi, ularni kelajakda malakali yuridik kadrlar bo‘lib shakllanishi uchun muhim zamin yaratadi.
???????? Konstitutsiya — har birimizning huquq va erkinliklarimiz kafolati!
Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi tomonidan nikoh sharnomasining ahamiyati haqida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Jarqo‘rg‘on tuman FHDY bo‘limi tomonidan nikohdan o‘tish uchun kelgan yoshlar o‘rtasida nikoh shartnomasining mazmun-mohiyati va uning afzalliklari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
????Tadbir davomida bo‘lim xodimlari yosh oilalarga nikoh shartnomasi — bu er-xotin o‘rtasidagi mol-mulk, majburiyat va huquqlarni oldindan belgilab beruvchi huquqiy hujjat ekanligi, u kelgusida oilaviy nizolarning oldini olishga xizmat qilishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga Oila kodeksining tegishli moddalarida nikoh shartnomasining huquqiy asoslari, uni tuzish tartibi va ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Mazkur targ‘ibot tadbiri yoshlar ongi va madaniyatni oshirish, oilaviy munosabatlarda mas’uliyatni kuchaytirish hamda mustahkamoila qurish g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan.
Uzun tuman adliya bo‘limida “Ochiq adliya” dasturi doirasida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirga 30 dan ortiq yoshlar va jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi. Tadbirda tuzilma rahbarlari va xodimlari tashrif buyurgan yoshlarga o‘zlarining faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil tushunchalar berishdi.
Yoshlar aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko'rsatishga oid jonli jarayonlarni kuzatish barobarida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Bir vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligiga bag‘ishlab targ‘ibot tadbiri tashkil etilmoqda.
Tadbir davomida, tizim xodimlari binoga tashrif buyurgan fuqarolarga interaktiv mashg‘ulotlar, viktorinalar va ma’ruzalar orqali davlat bayrog‘ining tarixiy ahamiyati va ramziy ma’nosi bilan tanishtirmoqda.
Қумқўрғон туман адлия бўлими ва туман Маънавият ва маърифат бўлинмаси раҳбари Ш.Мамадиев биргаликда тумандаги "СурхонПи"АЖ ташкилоти ходимларига,Ўзбекистон Республикаси Президентининг 24.01.2020 йилдаги Олий Мажлис палаталарига навбатдаги Мурожаатномаси,янги таҳрирдаги Солиқ кодекси,06.12.2019 йилдаги Касаба уюшмалари тўғрисидаги ЎРҚ-588-сонли Қонуни,09.12.2019 йилдаги Ўз.Рес.Президентининг ПҚ-4546-сонли қарори ҳамда Олий Мажлис палаталаринг 14.09.2019 йилдаги ҚҚ-592-сонли қўшма қарорининг мазмун-моҳияти билан таништирилиб,тарқатма материаллар тарқатилиб,қизиқтирган саволларига жавоб берилди.
Сурхондарё вилоят адлия бошқармаси масъул ходими Қ.Чориев