Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

20
Sud qaroriga ko‘ra, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlagan qarzdor otalarga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining ochiq sud majlisida voyaga yetmagan farzandlari uchun alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan Axmedov Ruslan Sodikovich hamda Sobirov Nodir Qosimovich (ism sharifi o‘zgartirilgan)larga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.

Jumladan, R.Axmedov fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining 2022 yil 19 avgustdagi sud buyrug‘iga asosan undiruvchi Amirqulova Shoxsanam Ergashevnaning foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandining ta’minoti uchun barcha ish haqi va boshqa barcha ishlab topgan daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment to‘lashi lozim bo‘lsada, 2024 yil 1 iyuldan 2025 yil  1 sentabrgacha bo‘lgan davr uchun jami bo‘lib, 27.181.713 so‘m aliment, qarzlarini to‘lamasdan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlariga ikki oydan ortiq muddat mobaynida moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.(Batafsil...)

19
Bugun Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi

Tadbir doirasida yoshlarni qiziqtirgan bir qancha savollarga tuman adliya bo‘limi boshlig‘i hamda tizim xodimlari tomonidan javob berish barobarida hayotda va kasbiy faoliyatda kerak bo‘ladigan muhim tavsiyalar berildi.

Shuningdek, yoshlarning siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlar, xususan adliya tizimi tarixi, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish hamda boshqa yo‘nalishlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

???? Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting!

19
Ochiq dars tashkil etildi

Joriy yil 19-sentabr kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining 2-sentabrda tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, otaliqqa biriktirilgan Termiz shahridagi 23-maktabda ochiq dars o‘tkazildi.

????‍⚖️ Tadbirda iqtisodiy ishlar bo‘yicha Termiz tumanlararo sudi sudyasi Abdullaev Botir Muxiddinovich hamda Termiz shahar adliya bo‘limi xodimlari ishtirok etib, o‘quvchilarga mulk huquqi, shartnomalar va majburiyatlar mavzusida atroflicha tushunchalar berishdi.

???? Dars jarayonida o‘quvchilar savol-javoblar orqali faol qatnashib, huquqiy bilimlarini yanada boyitishdi.

18
Uzun tuman adliya bo'limi tomonidan aholining huquqiy muammolari o‘rganildi

“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi doirasida aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.

Aksiya doirasida Uzun tuman adliya bo‘limi tomonidan "Tolto‘g‘ay" mahallasida sayyor qabul tashkil etilib, unda 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 6 nafar fuqarolar murojaatiga shu joyning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, 4 nafar fuqarolarning,  soliq, nogironlikni tayinlash, ish stajini tayinlash kabi murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, 5 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojatlari shu joyning o‘zida hal etilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Bu kabi tadbirlardan maqsad, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini esa yaqin qilishdir.

17
“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi Sherobod tumanida

“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi doirasida aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.

Aksiya doirasida Sherobod tuman adliya bo‘limi tomonidan "Oltinvoha" mahallasida sayyor qabul tashkil etilib, unda 20 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 12 nafar fuqarolar murojaatiga shu joyning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, 7 nafar fuqarolarning,  soliq, nogironlikni tayinlash, ish stajini tayinlash kabi murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, 5 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojatlari shu joyning o‘zida hal etilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Bu kabi tadbirlardan maqsad, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini esa yaqin qilishdir.

17
“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi doirasida aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.

#Adliya_hudud #Huquqiy_komak

“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi doirasida aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.

Aksiya doirasida sayyor qabul tashkil etilib, unda 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 11 nafar fuqarolar murojaatiga shu joyning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, 5 nafar fuqarolarning,  soliq, nogironlikni tayinlash, ish stajini tayinlash kabi murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, 6 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojatlari shu joyning o‘zida hal etilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Bu kabi tadbirlardan maqsad, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini esa yaqin qilishdir.

17
Adliya aralashuvi bilan fuqaroning mehnat huquqlari tiklandi

Sho‘rchi tumani “Hurlik” mahallasida yashovchi fuqaro F.Jumaeva  “Qoraariq” mahallasi xotin-qizlar faoli lavozimida 2022-yil may oyidan 2024-18-dekabr kuniga qadar ishlab 2024-yil 18-dekabr kuni o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shagan bo‘lsa-da, unga yakuniy hisob-kitob qilinganida foydalanilmagan mehnat ta’tili pullari va boshqa ish haqi pullari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi tomonidan tegishli tashkilotga taqdimnoma ta'sir chorasi qo‘llanilib fuqaroga 2 432 865 so`m foydalanilmagan mehnat ta’til pul va 18 kunlik ish haqi 2 858 625 so`m. Jami: 5 291 490 so`m hisoblanib majburiy ushlanmadan tashqari 4 656 511 so`m to`lab berildi.

Shu munosabat bilan fuqaro F.Jumaevaning mehnat huquqlari tiklanishiga erishildi.

16
Denov tumanidagi 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabining "Huquq sinfi"da 10-11-sinf o‘quvchilari uchun o‘quv amaliy dars soati o‘tkazildi.

Bugun Fuqarolik  ishlar bo‘yicha Denov tumanlararo sudi raisi B.Mustafoyev  va Denov tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i A.Babayarov tomonidan otaliqqa olingan Denov tumanidagi 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabining "Huquq sinfi"da 10-11-sinf o‘quvchilari uchun o‘quv amaliy dars soati o‘tkazildi.

"Fuqarolik huquqi vujudga kelish asoslari" mavzusida o‘tgan amaliy dars mashg‘uloti qizg‘in va fikr-mulohazalarga boy o‘tdi.

O‘quvchilar  dars mashg‘ulotiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga Fuqarolik  ishlar bo‘yicha Denov tumanlararo sudi raisi B.Mustafoyev  va Denov tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i A.Babayarov tomonidan batafsil javoblar olishdi.

15
Respublika sud ekspertiza markazi Surxondaryo viloyat boʻlimi yangi binosining qurilish ishlari jarayoni bilan tanishdi.

Adliya vaziri o'rinbosari Adliya vazirligi huzuridagi  X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Surxondaryo viloyat boʻlimi yangi binosining qurilish ishlari jarayoni bilan tanishdi.

Tashrif davomida vazir o'rinbosari M.Istamov ta'mirlash ishlarini olib borayotgan korxona mutasaddilari bilan muloqot qilib, mazkur dargoh har tomonlama zamonaviy innovatsion texnologiyalarni o‘zida mujassamlashtirishi va qurilish ishlarida e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, vazir o'rinbosari M.Istamov tomonidan binoni tez fursatlarda qurilish ishlarini yakunlab foydalanish uchun topshirish zarurligi ta'kidlandi.

15
Adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov Termiz xalqaro savdo markazida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi

Tashrif davomida M.Istamov ushbu erkin iqtisodiy zonada o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlar bilan uchrashdi hamda loyiha doirasida amalga oshirilgan infratuzilmaviy o‘zgarishlar, xususan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari uchun tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida, M.Istamov erkin iqtisodiy zonada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun davlat xizmatlari ko‘rsatishni kengaytirish, O‘zbekiston qonunchiligini tushuntirish uchun huquqiy konsalting xizmatlarini jalb qilish, shuningdek, "Madad" NNT ni tadbirkorlarning huquqiy hujjatlarini tayyorlashga ko‘mak berish lozimligi haqida ko‘rsatma va tavsiyalarini berdi.