Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Sud qaroriga ko‘ra, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlagan qarzdor otalarga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlandi.


Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining ochiq sud majlisida voyaga yetmagan farzandlari uchun alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan Axmedov Ruslan Sodikovich hamda Sobirov Nodir Qosimovich (ism sharifi o‘zgartirilgan)larga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.

Jumladan, R.Axmedov fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining 2022 yil 19 avgustdagi sud buyrug‘iga asosan undiruvchi Amirqulova Shoxsanam Ergashevnaning foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandining ta’minoti uchun barcha ish haqi va boshqa barcha ishlab topgan daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment to‘lashi lozim bo‘lsada, 2024 yil 1 iyuldan 2025 yil  1 sentabrgacha bo‘lgan davr uchun jami bo‘lib, 27.181.713 so‘m aliment, qarzlarini to‘lamasdan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandlariga ikki oydan ortiq muddat mobaynida moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.

Yoki bo‘lmasa, N.Sobirov fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining 2023 yil 17 iyuldagi sud buyrug‘iga asosan undiruvchi Turdieva Farida Kurboniyozovnaning foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining ta’minoti uchun barcha ish haqi va boshqa barcha ishlab topgan daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment to‘lashi lozim bo‘lsada, 2023 yil 24 maydan 2025  yil 1 sentabrgacha bo‘lgan davr uchun jami bo‘lib, 25.947.988 so‘m aliment qarzlarini to‘lamasdan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan farzandiga ikki oydan ortiq muddat mobaynida moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.

Shu sababli Majburiy ijro byuroning Termiz shahar bo‘limi xodimlari tomonidan to‘plangan ma’muriy ish materiallari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasiga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida ko‘rib chiqildi.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorlar Axmedov Ruslan Sodikovich hamda Sobirov Nodir Qosimovichga aliment  qarzdorligini to‘lash haqida huquqiy tushuntirishlar berilib, bir necha bor yozma ravishda ogohlantirishlar berilganligiga qaramasdan, ular tomonidan aliment  pullarini to‘lashni paysalga solib, aliment qarzlarini to‘lamasdan bosh tortib yurishgani uni sud zaligacha olib keldi.

Sud majlisida farzandlari oldidagi mas’uliyatini esidan chiqarib, otalik burchini unutgan huquqbuzarlar Axmedov Ruslan Sodikovich hamda Sobirov Nodir Qosimovich sudning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularning har biriga 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Konstitutsiyamizning 77-moddasida, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularninng tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi hususida g‘amxo‘rlik qilishga majbur ekanligi qayd qilingan.

Shuningdek, Oila Kodeksining 96-moddasiga ko‘ra, Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shartligi belgilangan.

Shunday ekan har bir ota-ona bolalar davlatimizning ertangi kelajagi ekanligini chuqur his etgan holda oilada sog‘lom muhit yaratishga mas’ul ekanligini unutmasligi kerak.

I.Shaymanov

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining tergov sudyasi

T.Xodjiyev

Sudya yordamchisi