Yangiliklar
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:
- Jumayev Ortiq Rejabovich Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Bandixon tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi mudiri lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Qiziriq tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi mudiri lavozimiga tayinlandi;
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi O.Jumayevni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:
- Chorshanbiyev Ilxom Jumayevich Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Angor tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Termiz tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi;
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi I.Chorshanbiyevni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
????Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80 sonli Farmonida uyma-uy yurish orqali fuqarolarning kundalik hayotidagi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni koʻrish tuman (shahar) adliya boʻlimlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan.
????Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Adliya vazirligi ishchi guruh a'zosi Ulug'bek Sadikov, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati, Qiziriq tuman adliya boʻlimi tomonidan tumanning “Rabotak” mahallasida sayyor qabul o'tkazildi.
Qabul davomida aholining huquqiy muammolari oʻrganilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
✅ Shuningdek mahalla yettiligi bilan suhbat o'tkazilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.
Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmonining mazmun-mohiyati aholiga tushuntirilmoqda
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:
- Rayimov Latif Erdanovich Sariosiyo tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Oltinsoy tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi L. Rayimovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
Bu galgi o‘rganish ishlari Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi. Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan tumandagi “Hurriyat”, "IStiqlol", "Bo‘ston" MFYlarda uyma-uy yurish orqali 500 ga yaqin xonadonlarga kirib borildi.
Mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish jarayonida aholining fuqarolik holati hujjatlari masalasi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi, o‘z-o‘zini band qilish, ish bilan ta'minlash, soliq imtiyozlaridan foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash kabi muammolar aniqlandi.
O‘rganish davomida 271 ta murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, 20 dan ortiq ayrim masalalar ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:
- Xaknazarov Bobur Arslon o‘g‘li Uzun tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimidan ozod etilib, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Uzun tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi B. Xaknazarovni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
????Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80 sonli Farmoni ijrosi yuzasidan adliya bo‘limlariga yuklatilgan yangi vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Qizilnavr mahallasida “Mahalla yettiligi”ga Farmon mazmun-mohiyati oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.
Shuningdek, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan targibot tadbirlari ham tashkil etildi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:
- Eshmurzayev Najmiddin Xolmirzayevichni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Sariosiyo tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi N. Eshmurzayevni ushbu tayinlov bilan qutlab, uning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!
Davlatimiz rahbarining 2024-yil 25-26-mart kunlari Namangan viloyatiga tashriflari davomida mahallalardan turib davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatini oshirish vazifasi belgilab berilgan edi.
Shu maqsadda Adliya vazirligi tomonidan onlayn davlat xizmatlaridan sodda usulda foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida interaktiv kioskalar ishlab chiqildi hamda bosqichma-bosqich mahallalarda o'rnatilmoqda.
Shu bilan birga, kioskalar orqali foydalanish mumkin bo'lgan xizmatlar soni ham oshirilib, ushbu xizmatlar 45 tani tashkil etdi.
Endilikda fuqarolar, ipoteka kreditiga subsidiya olish uchun ham mazkur kioskalar orqali ariza yuborishlari mumkin.
Ahamiyatli jihati, xizmat bepul, navbatlar mavjud emas hamda 24/7 rejimida foydalanish mumkin.