Yangiliklar
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Termiz tumanida bo‘lib o‘tdi. Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish markazida tashkil etilgan sayyor qabul davomida tumandagi “Amir Temur”, “Sharof Rashidov” va “Qoraxon” mahallalarida istiqomad qiluvchi 50 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi. (Batafsil...)
Azaldan yoshi ulug'larni e'zozlash, ularga ehtirom ko'rsatish, qolaversa, ularning pand-nasihatlarini olish xalqimiz qon-qoniga singgib ketgan. Zero, hayot va mehnatda katta tajriba sohiblarining yo'l-yo'riqlari yosh avlod uchun yo'lchi yulduz vazifasini o'taydi. (Batafsil...)
Jarqo‘rg‘on adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan monitoringda tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi hamshiralarning ko‘p yillik ishlaganliklari uchun ustamalar to‘lab berilmayotganligi aniqlandi. Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga kiritilgan taqdimnoma natijasiga ko‘p yildan buyon ishlab kelayotgan 11 nafar hamshiralarga 35 mln 575 ming so‘mlik to‘lanmay qolgan ustama pullari to‘lab berilishi ta’minlandi.
Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan da’vo arizaga ko‘ra, tadbirkor "Kapital pro" MCHJ foydasiga Termiz shahar hokimligidan 730 mln 957 ming 326 so‘m zarar undirish haqida Termiz tumanlararo Iqtisodiy sudining hal qiluv qarori chiqarildi.
Oltinsoy tumani adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tuman hokimligi majlislar zalida tumandagi davlat tashkilotlari, umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim va tibbiyot birlashmasi mas'ul xodimlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi. (Batafsil...)
Jarqorg’on tumani Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi xodimlari ishtirokida IIV Surxondaryo akademik litseyida "Konstitutsiyaviy islohatlar-davr talabi" mavzusida ilmiy amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada IIV Surxondaryo akademik litseyi direktori, Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti professor o‘qituvchilari, akademik litsey o‘qituvchi hamda o‘quvchilari ishtirok etishdi. (Batafsil...)
Qonunchiligimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinib, ularga davlat tomonidan bir qator imtiyozlar berilgan. (Batafsil...)
O'qituvchi bo'lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g'oliblari lavozim maoshiga har oy 15o foiz ustama to'lanadi. (Batafsil...)
16 yoshga to'lmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili 3 ish kunidan kam bo'lmagan haq to'lanadigan qo'shimcha ta'til beriladi. Shuningdek, 16 yoshga to'lmagan nogiron bolasi bor ota-onaning biriga haq to'lagan holda oyiga qo'shimcha bir dam olish kuni beriladi. (Batafsil...)