Yangiliklar
Joriy yilning 11-sentabr kuni Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi Termiz davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda “Ixtiro va foydali modelga patent olish uchun talabnoma rasmiylashtirish hamda intellektual mulk huquqini himoya qilishning huquqiy asoslari ” mavzusida seminar-treningi tashkil etildi.
Seminarda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Sh.Kuldasheva, Adliya boshqarmasi intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo'yicha bosh maslahatchi S.Yuldashevalar tomonidan seminar mavzusiga doir kerakli ma'lumotlar, tavsiyalar berildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bo'yicha kiritilayotgan o'zgartirishlar haqida tushunchalar berib o'tildi.
Sherobod tuman adliya bo‘limida tumandagi 27-sonli umumta’lim maktabining bitiruvchi o'quvchilari uchun “Ochik eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tadbir davomida o'quvchilarga huquqshunoslik kasbining obro‘si va nufuzi haqida amaliy tushunchalar berildi hamda ushbu kasbga nisbatan hurmat va faxr tuyg'ularini shakllantirish ishlari olib borildi.
O'quvchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan kerakli maslahatlar va javoblar olishdi.
Bugun Surxondaryo viloyati yoshlar ishlari boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillari uchun ommaviy sayyor qabul bo'lib o'tdi.
Sayyor qabulda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Respublika ishchi guruh a'zolari, viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlarining mas'ul xodimlari tomonidan fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Xususan, murojaatchilarning adliya organlari bilan bog‘liq 20 dan ortig‘iga joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganish talab etiladigan 3 nafar fuqarolarning murojaati adliya boshqarmasi ish yurituviga qabul qilinib, alohida nazoratga olindi.
Shuningdek, 4 nafar fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatilib, ularning murojaatlari shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.
Bugun Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan Termiz tumanlararo Iqtisodiy sudi bilan hamkorlikda shahardagi "NA'MUNA" MFYda aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida "Huquqiy targ'ibot kuni", "Adliya kuni"tadbirlari doirasida "Sayyor qabul" tashkil etildi.
✅ Shundan so‘ng, adliya bo‘limi xodimlari tomonidan mahalladagi fuqarolarning huquqiy muamolari uyma-uy yurgan holda o‘rganildi.
✅Uyma-uy yurish davomida, 100 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 40 nafar fuqarolar murojaatiga shu joyning o‘zida javob berilib huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 5 nafar fuqaroga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko`rsatildi.
✅Bu kabi tadbirlardan maqsad, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini esa yaqin qilishdir
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Boysun tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Z.N.Xaydarov tomonidan “Mustaqillik” tumandagi 39-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida“Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz” shiori ostida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa tadbiri o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchi yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1-son “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror haqida hamda bezorilik, firibgarlik, o‘g‘irlik va boshqa jinoyatlar hamda jinoyatchilikning oqibatlari to‘g‘risida huquqiy tushunchalar berildi.
Bandixon tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchi yoshlari o'rtasida “Huquqiy bilimlar kuni” o‘tkazildi.
❇️ Tadbir “Adliya – yoshlar tayanchi", "Sen huquqingni bilasanmi?"shiori ostida o'tkazildi.
Shuningdek, yoshlarni kasbga yo‘naltirish va hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish, vatanparvalik, qonunlarga hurmat hamda islohotlarga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan mavzularda yaqindan suhbat tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori qabul qilingan.
Mazkur Farmon hamda qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida Surxondaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi Ikrom Jumayev hamda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasining mas’ul xodimi Bunyod Avazov ishtirokida uchrashuv tashkil qilinib, ushbu qonun hujjatlarida belgilangan ustuvor vazifalar atroflicha o‘rganildi.
Sariosiyo tumanidagi olis tog'li "Karsh" mahallasida tuman adliya bo‘limi, DXM, YXKM, “Madad” NNT ishtirokida, tumandagi “Adliya kuni” va “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbiri doirasida sayyor qabul tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida, 7 nafar fuqarolarning murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 3 ta murojaat ko‘rib chiqish uchunish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, 3 nafar fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilib, murojaatlari shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.
Sherobod tuman adliya bo‘limi tomonidan "Kattabog`" mahallasida "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri doirasida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda, 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 7 nafar fuqarolar murojaatiga shu joyning o‘zida javob berilgan bo‘lsa, 10 nafar fuqarolarning, soliq, nogironlikni tayinlash, ish stajini tayinlash kabi murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, 13 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojatlari shu joyning o‘zida hal etilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko`rsatildi.
Bu kabi tadbirlardan maqsad, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini esa yaqin qilishdir.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov Angor tumani “Bahor” mahallasidagi 18-sonli umumta’lim maktabida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostidagi “Birinchi qo’ng’iroq” tadbirida qatnashib, maktab dargohiga ilk qadamlarni qo‘ygan o‘quvchi yoshlarni tabriklab, ularni kelajakda xalqqa foydasi tegadigan fidoyi inson bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.
Shuningdek, yuqori sinfdagi yoshlarni ham yangi o‘quv yili bilan tabriklab, yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning boshqa turlari bo‘yicha tushunchalar berdi.