Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

13
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Roziqov tomonidan Qumqo‘rg‘on tumani “Neftchilar” mahallasida 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida, 15 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, 7 nafar fuqarolarning murojaati shu joyning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, 8 ta murojaat o‘rganish esa muddat talab etganligi sababli ish yurituviga qabul qilinib alohida nazoratga olindi. 
Shuningdek,   tadbir davomida 12 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi va tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.

Tadbir davomida, Prezidentning 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarorining mazmun-mohiyati hamda xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va ularga berilgan imtiyozlar haqida keng aholi qatlamiga batafsil tushuntirishlar berildi

10
Yoshlar bilan birga yashil kelajak sari

Mana 5 yildirki mamlakatimizda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Ushbu loyiha atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda yashil hududlar maydonini kengaytirish orqali aholi uchun sog‘lom va musaffo muhit yaratishga xizmat qilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.

Ana shunday ezgu ishlardan biri sifatida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Alisher Isoqov rahbarligida yoshlar ishtirokida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida hudud iqlimiga mos bo‘lgan turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, hudud yanada obod bo‘lishiga hissa qo‘shildi.

09
“Adliya va yosh harbiy xizmatchilar uchrashuvi” o‘tkazildi

Yurtimizda har payshanba “Yoshlar kuni” kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqov tashabbusi bilan Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy qismida “Adliya va yosh harbiy xizmatchilar uchrashuvi” tashkil etildi.

Uchrashuvda Prezidentimizning 07.04.2026 yildagi “Qurolli Kuchlar tizimida respublika kitobxonlik tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-128-son qarori mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. 

Shuningdek, yosh harbiy xizmatchilarga bugungi kunida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida yosh harbiy xizmatchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga, shuningdek, ularni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi

09
“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” – yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari A. Roziqov ishtirokida Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot va ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlarga qonunchilikdagi yangiliklar, ular uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. 
Shuningdek, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan film namoyish etildi.

Namoyishdan so‘ng o‘quvchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, ular bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, tarixiy shaxslardan ibrat olish, Vatanga sadoqat ruhida kamol topish muhimligi haqida fikr almashildi.

08
Termiz tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida navbatdagi sayyor xizmatlar tashkil etildi.

“O‘zimiz keldik” tamoyili asosida tuman markazidan ancha olisda joylashgan “Gulbahor” mahallasida fuqarolarga 15 tadan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Sayyor qabul davomida aholining huquqiy masalalari bo‘yicha murojaatlari tinglandi, zarur hujjatlar rasmiylashtirildi hamda huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bu kabi tadbirlar aholiga davlat xizmatlarini yanada yaqinlashtirish, ortiqcha ovoragarchiliklarni bartaraf etish va fuqarolarning roziligini ta’minlashga xizmat qiladi.

07
Intellektual mulk yo‘nalishida targ‘ibot ishlari davom etmoqda

Adliya vazirligi hamda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Termiz davlat pedagogika institutida seminar-trening hamda Termiz shahridagi “Tinchlik” sanoat zonasida tadbirkorlar uchun profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

Seminarda talaba va ilmiy izlanuvchilarga mualliflik huquqlariga rioya qilish, plagiatning oldini olish hamda intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari tushuntirildi.

Shu bilan birga, sanoat zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga mahsulot ishlab chiqarishda brendlardan qonuniy foydalanish, litsenziya shartnomalarini tuzish zarurligi hamda tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

???? Mazkur tadbirlar orqali intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va qonunchilikka rioya etish madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

06
Naqdsiz hisob-kitoblar rivojlantirishning belgisi Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A. Isoqov tomonidan Termiz shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-246-son Farmoni ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, ko‘chmas mulk hamda transport vositalari oldi-sotdisida hisob-kitoblarni amalga oshirishda notariuslar va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi tizimining afzalliklari tushuntirilib, amaliyotdagi jarayonlar bilan yaqindan tanishildi.

Tadbir yakunida sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, naqdsiz hisob-kitoblar ulushini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.

02
ADLIYADA "OCHIQ ESHIKLAR" KUNI

Muzrabot tuman adliya boʻlimi tomonidan umumta’lim maktabining o'quvchilariga, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, davlat xizmatlari markazi va FHDY organlari fa'oliyati haqida keng malumotlar berildi hamda yoshlar tizim xodimlariga va fuqarolarga  yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

 Tadbir davomida  mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati, yoshlarga oid qonunchilik va ulardagi yangiliklar mazmun-mohiyatiga ham to'xtalib o'tildi.

"Ochiq eshiklar" kun"  ochiq muloqot muhitini yaratdi, savol-javob va munozaralar "Adliya nima ish qiladi?" , "Adliyada kimlar ishlashi mumkin", degan savollarga javob olish imkonini berdi.

Adliya va yoshlar muloqoti taassurotlarga boy bo'ldi.

01
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Denov va Sho'rchi tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoni ijrosini ta’minlash masalalari muhokamaning asosiy mavzusi bo‘ldi.

Xususan, ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni to‘liq raqamlashtirish, elektron tizimlar orqali shaffoflikni ta’minlash hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, idoralararo axborot almashinuvi jarayonlarini takomillashtirish, notarial xizmatlarni soddalashtirish hamda ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Yakunda, notariat tizimida ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish, fuqarolar uchun tezkor xizmatlar ko‘rsatish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

30
Denov tumani adliya bo‘limi DXM tomonidan “Yoshlik” va “Surnaytepa” mahallalarida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, 20 ga yaqin murojaatlar ijobiy hal etildi hamda huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish, navbat tizimlari, tug‘ilganlikni qayd etish, nikohni rasmiylashtirish, subsidiya olish kabi xizmatlar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.
Qabul jarayonida “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasida ham targ‘ibot ishlari olib borilib, aholini qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Sayyor xizmatlar aholiga qulaylik yaratib, ularning vaqtini tejash va muammolarini joyida hal etishga xizmat qilmoqda.