Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

04
TAYINLOV

#TAYINLOV

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

Xurramov Rustam Xurramovich - Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

R.Xurramov tayinlovga qadar Bandixon tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi R.Xurramovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

04
TAYINLOV

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:

Allanazarov Safar Panjiyevich - Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S.Allanazarov tayinlovga qadar  Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi S.Allanazarovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

04
TAYINLOV

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug'i bilan:
Akramov Sanjarbek Anvarovich -Termiz tuman adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
S.Akramov tayinlovga qadar Termiz shahar adliya bo'limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish bo‘yicha bosh maslahatchi lavozimida ishlab kelgan.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi S.Akramovni tayinlov bilan qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi!

03
“Huquq sinfi”da amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Sariosiyo tumanida otaliqqa olingan maktabdagi “Huquq sinfi”da amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Sariosiyo tumanidagi otaliqqa olingan 28-sonli maktabida "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-asosiy qomusimiz" hamda “Inson huquqlari va burchlari” mavzlarida tuman adliya bo‘limi tomonidan huquq sinfida huquq darslar tashkil etildi.

Darslar davomida 10-11-sinf  oʻquvchilari oʻzlari qiziqtirgan savollariga amaliyotchi huquqshunoslar tomonidan batafsil javoblar olishdi.

Shuningdek, darslarda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha ham atroflicha maʼlumot berildi.

31
Termiz tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi tomonidan nikoh sharnomasining ahamiyati haqida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Termiz tuman FHDY bo‘limi tomonidan nikohdan o‘tish uchun kelgan yoshlar o‘rtasida nikoh shartnomasining mazmun-mohiyati va uning afzalliklari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

????Tadbir davomida bo‘lim xodimlari yosh oilalarga nikoh shartnomasi — bu er-xotin o‘rtasidagi mol-mulk, majburiyat va huquqlarni oldindan belgilab beruvchi huquqiy hujjat ekanligi, u kelgusida oilaviy nizolarning oldini olishga xizmat qilishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga Oila kodeksining tegishli moddalarida nikoh shartnomasining huquqiy asoslari, uni tuzish tartibi va ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

Mazkur targ‘ibot tadbiri yoshlar ongi va madaniyatni oshirish, oilaviy munosabatlarda mas’uliyatni kuchaytirish hamda mustahkamoila qurish g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan.

31
"Yangiqishloq" mahallasi huquqiy muammolardan holi hududga aylanmoqda

Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan DXM va FHDY bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirokida tumandagi "Yangi qishloq" MFY aholsi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazilib, tadbir davomida “Mahalla yettiligi”ga hamda fuqarolarga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyati oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.

Shu bilan birga, sayyor qabul davomida 15 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 10 nafar fuqarolar murojaatlari shu joyning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 4 nafar fuqarolarning soliq, “Ayollar daftari” va ishga joylashish bilan bog‘liq imtiyozlar qo‘llanilishiga oid masalalar yuzasidan murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi hamda sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

30
Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi tomonidan nikoh sharnomasining ahamiyati haqida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Jarqo‘rg‘on tuman FHDY bo‘limi tomonidan nikohdan o‘tish uchun kelgan yoshlar o‘rtasida nikoh shartnomasining mazmun-mohiyati va uning afzalliklari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Tadbir davomida bo‘lim xodimlari yosh oilalarga nikoh shartnomasi — bu er-xotin o‘rtasidagi mol-mulk, majburiyat va huquqlarni oldindan belgilab beruvchi huquqiy hujjat ekanligi, u kelgusida oilaviy nizolarning oldini olishga xizmat qilishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga Oila kodeksining tegishli moddalarida nikoh shartnomasining huquqiy asoslari, uni tuzish tartibi va ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

Mazkur targ‘ibot tadbiri yoshlar ongi va madaniyatni oshirish, oilaviy munosabatlarda mas’uliyatni kuchaytirish hamda mustahkamoila qurish g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan.

30
Sayyor qabul | Sayyor xizmat Bepul tibbiy ko‘rik | Mehnat yarmarkasi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov rahbarligida Qumqo‘rg‘on tumani "Yangi shahar" mahallasida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun kengaytirilgan tartibda sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida, 70 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Natijasiga ko‘ra, 31 nafar fuqarolarning murojaatlariga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 20 dan ortiq fuqarolarning bepul tibbiy ko‘rik, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojaatlari shu joyning o‘zidayoq ijobiy hal etildi.

Shuningdek, 11 nafar fuqarolarning murojaati o‘rganib chiqish muddat talab etganligi sababli ish yurituvga qabul qilinib alohida nazoratga olindi.

Tadbir davomida, aholining bandligini ta'minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etilib, tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan bog‘liq e'onlar qabulda ishtirok etgan keng aholi qatlamiga tanishtirildi.

29
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2025-yil 21-avgustdagi O‘RQ-1083-son Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan, xususan, “Homiylik to‘g‘risida”gi Qonunga bir qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilib, homiylik xayriyalari yig‘ishning aniq tartibi belgilanganligi to‘g‘risida  tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha mutaxassislar bilan fikr almashdilar hamda qonunning amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar.

28
"Targ‘ibot poyezdi" "Huquq sinfi"da

"Targ‘ibot poyezdi" "Huquq sinfi"da

????Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchi va talabalari ishtirokida Termiz shahar 23-sonli maktabning "Huquq sinfi"da bo‘lajak huquqshunoslar uchun dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.

????Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, aholini, xususan, talabalani qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab -quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish bo‘ldi.