Yangiliklar
Denov tumani "Sohibkor" mahallasida aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.
Denov tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi "Sohibkor" mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabulda, 40 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. 22 nafar fuqarolar murojaatiga shu joyning o‘zida javob berilgan bo‘lsa, 6 nafar fuqarolarning, soliq, nogironlikni tayinlash, ish stajini tayinlash kabi murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, 12 nafar fuqaroga davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojatlari shu joyning o‘zida hal etilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko`rsatildi.
Bu kabi tadbirlardan maqsad, fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etish, og‘irini yengil, uzog‘ini esa yaqin qilishdir.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida "Teambuilding" dasturi doirasida malakali psixolog D.G‘afforova ishtirokida tizim xodimlari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-trening mavzusi: Stressga chidamlilik, fuqarolar bilan munosabatda psixologik tartibga rioya etish.
Shuningdek, tadbir davomida diqqatni jamlovchi psixologik o‘yinlar tashkil etilib, tizim xodimlarining stressga chidamlilik darajasi tekshirildi hamda mutaxassis tomonidan kerakli tavsiyalar berildi.
Trening so‘nggida, xodimlar, stress va uning turlari, salbiy stressdan qay yo‘l bilan tez va oson forig‘ bo‘lish haqida psixolog D.G‘afforova orqali batafsil javob olishdi.
"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Jarqo`rg`on tuman Adliya bo‘limi FHDY bo‘limi tomonidan 8 yillik huquqiy muammo hal etildi
"Ismoiltepa " mahallasida yashovchi fuqaro O.Olimovning 2017-yilda tug`ilgan farzandiga tug`ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilib tug`ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirib berildi.
Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi, FHDY, Yuridik xizmat koʻrsatish markazi, DXM hamda "Madad" NNT xodimlari tomonidan shaharning "Yangi obod" MFYda aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish maqsadida "Huquqiy targ'ibot kuni" hamda "Adliya kuni" tadbirlari tashkil etildi.
✅“Mahalla yettiligi”ga hamda fuqarolarga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazildi.
???? Adliya organlari vakolatlari doirasida hal etiladigan masalalar bo‘yicha huquqiy muammolarni joyida hal etish choralari ko‘rildi.
❇️ Aholiga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi tushuntirilib, qonunchilikdagi yangiliklar va imtiyozlar haqida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
✅Tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan huquqiy masalalarga oid savollarga atroflicha javob berildi.
Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i S.Sayfiddinov tomonidan “Ekologik huquqbuzarliklar va ularning qonuniy asoslari” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminar davomida, Ekologik huquqbuzarliklar va ularning qonuniy asoslari haqida to‘xtaldi hamda tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.
Boysun tuman adliya bo‘lim mas’ullari tomonidan tumandagi “Ko‘chkak” mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida sayyor qabul hamda uyma-uy yurish tadbirlari tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida 15 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Shundan, 10 nafar fuqarolarning murojaatlariga shu joyning o‘zida javob berilgan bo‘lsa, 4 nafar nogiron fuqarolarning sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq imtiyozlar qo‘llanilishiga oid masalalar yuzasidan murojaatlari adliya bo‘limining ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, 12 nafar fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Sayyor qabuldan so‘ng uyma-uy yurish orqali 20 dan ortiq xonadonlarga kirib borildi. Uyma-uy yurish davomida fuqarolarning mavjud huquqiy muammolari o‘rganildi hamda ularga o‘zlari uchun muhim bo‘lgan qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bugun Angor tumani "Ilg’or" mahallasida sayyor davlat xizmatlari ko’rsatildi. Xizmat ko‘rsatish davomida:
3 nafar fuqaroga elektron raqamli imzo berildi.
10 nafar fuqaro Dehqon xo’jaligi yuritsh bo‘yicha davlat ro’yxatidan o’tkazildi;
2 nafar fuqaro Mobile ID dan ro’yxatdan o’tkazildi;
8 nafar fuqaro esa Face Id ro’yxatidan o’tkazildi.
"Adliya ayoli" ko'rik tanlovning viloyat bosqichida 5 nafar soha xodimalari ishtirok etib, belgilangan uchta shart asosida g'oliblik uchun o'zaro bahslashishdi.
✅ Ishtirokchilar birinchi shartda huquqiy mavzudagi test sinovidan o'tgan bo'lsa, ikkinchi shartda ish faoliyatida duch keladigan dolzarb masalalarni hal etish borasidagi takliflari eshitildi.
✅ Tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra,
1- o'rin: Boysun tuman FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori Xoliyorova Dilrabo;
2- o'rin: Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi bosh maslahatchisi Yo‘ldosheva Dildora;
3- o'rin: Sherobod tumani adliya bo‘limi FHDY bo‘limi 1-toifali inspektor Xudoymurodova Zamiraga nasib etdi.
✅Tanlovning g'olib va sovrindorlari viloyat adliya boshqarmasining diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Angor tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi "Kayran" mahallasida "Adliya kuni" hamda "Huquqiy targ'ibot kuni" tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir doirasida sayyor qabul tashkil etilib, 33 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 5 nafar fuqarolarning murojaati o‘rganish muddat atalab tganligi sababli ish yurituvga qabul qilindi.
Shuningdek fuqarolarga O'zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan binolar va inshoatlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi Qonuni, odam savdosi va unga qarshi kurashish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bo'yicha tushuntirishlar berildi.
Denov tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan tumandagi Lolazor mahallasida "Adliya kuni" hamda "Huquqiy targ'ibot kuni" tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir doirasida sayyor qabul tashkil etilib, 31 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 7 nafariga sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatilib murojaatlari shu joyning o‘zida qanoatlantiirldi.
Shuningdek fuqarolarga O'zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan binolar va inshoatlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi Qonuni, odam savdosi va unga qarshi kurashish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bo'yicha tushuntirishlar berildi.