Yangiliklar
Surxondaryo viloyatida "Madad" NNT va Buyuk Britaniya elchixonasi hamkorligida trening o'tkazildi!
Qiziriq tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlar markazi xodimlari tomonidan tumanning eng olis mahallasi – "Buyuk Kelajak" mahallasida sayyor tartibda davlat xizmatlari ko'rsatildi.
Davlat xizmatlari ko'rsatish davomida jami 120 nafar fuqarolarga sayyor tartibda xizmatlar ko‘rsatildi. Shundan, 105 nafar fuqaroga farzandalarini davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza , 10 nafar fuqaroga kam taminlangan ma'lumotnoma, 5 nafar fuqaroga yashash joyidan ma'lumotnoma tayyorlab berildi.
Shuningdek, fuqarolarga O'zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan binolar va inshoatlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O‘RQ-937-son Qonuni, O‘RQ-1083-son Qonun, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari mazmun-mohiyati bo'yicha tushuntirishlar berildi.
8-Dekabr — "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi" qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Surxondayo viloyati adliya boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida boshqarma boshlig'i A.Isoqov barchani bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
Sana munosabati bilan adliya organlari va muassasalarida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan bir guruh fidoy xodimlar boshqarma boshlig'i va Adliya vazirligining faxriy yorliqlari, shuningdek, "Adliya a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi va tuman IIB tomonidan — Konstitutsiyamizning 33 yilligi munosabati bilan fuqarolarga pasport ID kartasi tantanali tarzda topshirildi
Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi va tuman IIB tomonidan 9 nafar 16 yoshga to‘lgan bir guruh yosh fuqarolarga shaxsni tasdiqlovchi hujjat — pasport ID kartasi tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan yoshlar uchun unutilmas lahzaga aylandi.
OTALIQQA OLINGAN YOSHLAR ADLIYA E'TIBORIDA
✅ Qumqo'rg'on tuman adliya bo'limi tomonidan "Otaliqqa olingan" yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli va samarali o'tkazish maqsadida sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa o'tkazildi.
✅ Qizg‘in va murosiz davom etgan bahsda g‘oliblar tuman adliya bo'limining diplom va esdalik sozvg'alari bilan taqdirlandi.
‼️ Bu kabi tadbirlar yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijtimoiy faolligini kuchaytirish hamda jismonan yetuk bo‘lishiga xizmat qiladi.
“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida manzilliy targ‘ibot ishlari olib borildi.
???? Bugungi globallashuv va tezkor axborot davrida bolalar va yoshlarning huquqlarini ta’minlash, ularni har qanday xavf va kamsitishlardan himoya qilish — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
???? Zero, bola — jamiyat kelajagi, yoshlar esa mamlakat taraqqiyotining tayanchidir.
???? Termiz shahar adliya bo‘limi xodimlari shaharning yoshlar bo'limi bilan hamkorlikda va yoshlarning huquqlarini himoya qilishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari va ochiq dars mashg‘ulotlari o‘tkazdi.
???? Tadbir davomida bolalar xavfsizligi, huquqiy madaniyatni oshirish va yoshlarning huquqiy ongini mustahkamlashga qaratilgan mazmunli darslar tashkil etildi.
✍️???????? Ochiq muloqot, savol-javoblar va foydali tushuntirishlar bolalar uchun juda qiziqarli bo‘ldi.
Qiziriq tuman adliya bo‘limi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiya doirasida tumandagi 41-sonli maktabning tarbiyachi va pedagoglari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda, zo‘ravonlik turlari, xotin-qizlar tazyiq va zo'ravonlikdan qanday himoyalanish mumkinligi haqida batafsil tushunchalar berildi.
Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida Oltinsoy tumanadliya bo‘limi boshlig‘i M. Omonov o‘quvchilar bilan Konstitutsiya va uning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida davra suhbati o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarga asosiy qonunimizning mazmun-mohiyati, unda belgilangan fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda ularning kafolatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Surxondaryoda Adliya vazirligi va TDYU tashabbusi bilan tashkil qilingan “Targ'ibot poyezdi"Angor tumanida tashkil etilgan "Huquq sinfi"ga tashrif buyurdi
????Angor tumani 21-sonli maktabda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan “Targ'ibot poyezdi” aksiyasi davom etmoqda.
❗️Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahririda mustahkamlangan eng muhim prinsiplar haqida batafsil ma’lumot berildi.
???? Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarning Konstitutsiya borasidagi bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida interaktiv viktorina tashkil etildi. Ishtirokchilar savollarga faollik bilan javob berib, o‘z bilim va dunyoqarashini namoyon qildilar. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
✔️Aksiya joriy yilning 3-dekabr kuniga qadar joylarda davom etadi.
???? Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
#Adliya_xabari
???? Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Surxondaryo suv ta'minoti aksiyadorlik jamiyati xodimlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
✅ Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, xususan, unda o‘quvchi yoshlar uchun belgilangan huquq va majburiyatlar haqida batafsil tushunchalar berildi.