Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

06
Sayyor qabul va mehnat yarmarkasi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi S.Allanazarov tomonidan  “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuniga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida batafsil tushuntirish berildi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarorining mazmun-mohiyati haqida ham huquqiy tushuntirishlar berildi.
  
Bundan tashqari mehnat yarmarkasi tashkillashtirilib, yig‘ilish ishtirokchilarini tumandagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida tanishtirib o‘tildi.

Tadbir davomida, 8 ta fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 3 ta fuqaroning murojaati ko‘rib chiqish uchun ijroga olindi.

05
Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Alisher Isoqov tomonidan Angor tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida tumandagi Sharqguli va O‘zbekiston mahallalarida mahalla “yettiligi” a’zolari bilan suhbat o‘tkazilib, manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritasi” asosida bajarilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar ham ko‘zdan kechirildi.

04
Boysun tuman adliya bo’limi va tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlari ishtirokida tumandagi “O‘rta Machay” MFYda “mahalla yetiligi” a’zolari, mahalla faollari va ishtirokchilar uchun huquqiy tushuntirish berildi hamda sayyor qabul o‘tkazildi.

Boysun tuman adliya bo’limi va   tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi  xodimlari  ishtirokida tumandagi “O‘rta Machay” MFYda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida “mahalla yetiligi” a’zolari, mahalla faollari va ishtirokchilar uchun huquqiy tushuntirish berildi hamda sayyor qabul o‘tkazildi.

♻️ Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF-173-son “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni, 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-son “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoyi qo‘llab quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtiriish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda“Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida mulk huquqiga oid masalalariga oid tushuntirishlar ham berildi. 

03
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2026-yil 22-yanvar kunidagi 22-um son buyrug'i bilan joriy yilning 22-yanvaridan 22-fevraliga qadar respublika bo‘ylab “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi o‘tkazilmoqda.

Termiz shahar adliya bo'limi tomonidan shahardagi 1-sonli maktabda aksiya doirasida huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi. 

Tadbir davomida tadbir ishtirokchilariga fuqarolarning ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazishga ko‘maklashish, mulkdorlarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlarni qo‘llanishini ta’minlash orqali ularning mulk huquqlarini to‘liq ta’minlash, ushbu sohada aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish  yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ularning savollariga  tegishlicha javoblar berildi. 

02
Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi

Qiziriq tuman adliya bo‘limi  tomonidan “Zarobod” MFYda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli Qarorining mazmun-mohiyati haqida “mahalla yetiligi” a’zolari va mahalla faollari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri hamda sayyor qabul o‘tkazildi.

♻️ Shuningdek, tadbirda Adliya vazirining “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligini o‘tkazish to‘g‘risidagi va boshqarma boshlig‘ining tegishli buyruqlari talablaridan kelib chiqib, “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida mulk huquqiga oid masalalar haqida hamda bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularga huquqiy axborot yetkazish, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalarga bepul yuridik maslahat ko‘rsatish, huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga hamda fuqarolik huquqlari buzilgan bolalarga huquqiy yordam ko‘rsatish masalalariga oid tushuntirishlar ham berildi. 

02
“Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

???? Huquqiy oylik doirasida Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo'limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

✅ Mazkur tadbirda, fuqarolarga ko‘chmas mulkka oid hujjatlari mavjud bo‘lsa-da, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan mulklarni davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi, mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini qo‘llash yuzasidan tushuntirish berildi. 

✅ Shuningdek, tadbir ishtirokchilrga O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni  hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  05.01.2026-yildagi PQ–1-son va PQ-2-son qarorlarining mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. 

30
Mulk huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar xususida muhokama bo‘lib o‘tdi

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Roziqov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida"gi O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi bo‘yicha viloyat tashkilolatlarining "E'tirof" platformasiga mas'ul xodimlari ishtirokida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Shuningdek, A.Roziqov viloyat tashkilolatlarining "E'tirof" platformasiga mas'ul xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar bo‘yicha muhim ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tdi.

30
Sayyor qabul - fuqarolarning muammolariga huquqiy yechim

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Isoqov tomonidan Termiz shahar va Termiz tumanlarida nizoli oilalari salmog‘i yuqori bo‘lgan - "Alpomish" va "M.Eshtemirov" mahallalarida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida, jami 50 dan ortiq fuqarolarning huquqiy muammolari tinglandi. Shundan, 19 nafar fuqarolarning murojaatlariga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 7 ta murojaat o‘rganish muddat talab etganligi sababli adliya organlari ish yurituviga qabul qilinib ijrosi alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, 20 dan ortiq fuqarolarning davlat xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq murojaatlari shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.

30
"Ijtimoiy profilaktika haftaligi" doirasida nizoli oilalar bilan uchrashuv va sayyor qabul o'tkazildi

Bandixon tumani “Navro‘z” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda jismoniy shaxslar tomonidan kelib tushgan bir qator muammoli masalalar, jumladan, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish va boshqa sohalardagi muammolar ko‘rib chiqildi.

Sayyor qabul davomida 40 nafar fuqarolar orasidan murojaat qilgan 20 nafardan ortiq murojaatchining 9 nafariga murojaatlari yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son va PQ-2-son qarorlari, mediatsiya, qonuniy nikohning afzallik jihatlari, ajrimning huquqiy oqibatlari, korrupsion jinoyatlar, mahalla mas’ullarining vazifalari, qonunchilikda fuqarolar uchun belgilangan imtiyozlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

29
Farzandi ta’minoti uchun aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan ota Qonun oldida javob beradi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining binosida ochiq sud majlisida voyaga yetmagan farzandlari uchun alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlagan N.B.T (ism,sharifi o‘zgartirilgan)ga nisbatan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.

Ish hujjatlari tahlil qilinganda, qarzdor N.B.T. Davlat ijrochisi tomonidan aliment qarzdorligini to‘lash haqida tushuntirish berilgani va bir necha bor yozma ogohlantirishlariga qaramasdan, aliment pullarini to‘lashni paysalga solib, 13.931.278 so‘m aliment qarzlarini to‘lamasdan bosh tortib aliment to‘lovidan qochib yurganligi aniqlandi.(Batafsil...)