Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

“Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda”


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi "Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6109-son farmoniga asosan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi  negizida ishlab chiqaruvchilar, eksport qiluvchilar va xaridorlar uchun saqlash, tashish va boshqa zamonaviy xizmatlar infratuzilmasiga ega bo‘lgan Termiz xalqaro savdo markazi tashkil etilishi belgilangan.

Farmonga asosan Termiz xalqaro savdo markazi hududida zamonaviy texnologiyalar asosida mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, saralash va qadoqlash xizmatlari hamda elektron savdo portallari tashkil etilib, “yagona oyna” tamoyili asosida interaktiv mexanizmlarni qo‘llagan holda bojxona, soliq, sertifikatlash, fitosanitariya, veterinar, transport, bank, valyuta ayirboshlash va mobil aloqa, tibbiy va mehmonxona xizmatlari, avtoulovlarga texnik xizmat ko‘rsatish va boshqalar xizmatlar ko‘rsatiladi.

Mazkur normativ-huquqiy hujjatga ko‘ra Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarolari va ushbu davlat hududidan kiruvchi boshqa davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini rasmiylashtirmasdan, shaxsiy va pasport nazoratidan o‘tgan holda (vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan) o‘n kun davomida hududga kirish, hududda bo‘lish va undan chiqish tartibi joriy etilib, O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar harakatlanish hujjatlari asosida alohida nazorat o‘tkazish punkti orqali o‘tadi va ortga qaytishga faqat kirgan nazorat o‘tkazish punkti orqali ruxsat etiladi.

Farmon bilan bir qator imtiyozlar berish nazarda tutilgan bo‘lib, xususan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, Termiz xalqaro savdo markazi va Sergeli industrial parki ob’ektlarini qurish hamda faoliyat ko‘rsatishi davrida-direksiyalarga ob’ektlarni sotish, lizing va ijaraga berishdan tushgan tushumning Jamg‘armadan olingan kreditni qaytarishga yo‘naltirilgan qismi bo‘yicha foyda solig‘i stavkasi 2023 yilga qadar 50 foizga kamaytirilgan holda hisoblanadi.

2023 yil 1 yanvarga qadar ob’ektlarni qurishga jalb qilingan loyihachi va bosh pudrat tashkilotlari hamda Direksiyalar qurilish ishlarini amalga oshirishda zarur bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha import qilinadigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, maxsus texnika va qurilish texnikasi, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, metall konstruksiyalarini xorijdan olib kelishda bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imidan tashqari) ozod qilinadi hamda ob’ektlarni qurishga jalb qilingan loyihachi va bosh pudrat tashkilotlari hamda Direksiyalarga qurilish ishlarini amalga oshirish uchun import qilinadigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, maxsus texnika va qurilish texnikasi, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, metall konstruksiyalari uchun hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni Direksiyalarning kafolat xati asosida 120 kunga qadar kechiktirish huquqi beriladi.

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi 2020 yil 5 dekabrda yuridik shaxs sifatida Termiz shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2 fevraldagi “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  47-sonli qarori bilan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi tarkibiga kiruvchi hududlar chegarasi, Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi tuzilmasi, ustavi hamda markaz hamda “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining  muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi  tasdiqlandi.

            “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining tashkil etilishi qo‘shni  Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan savdo aloqalarining hamda o‘zaro hamkorlikning  yanada rivojlanishiga qiladi.

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi   

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

hujjatlari va topshiriqlari ijrosini

nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i  B.Gaffarov