Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda


Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168 sonli Qaroriga muvofiq mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa o‘rta va quyi bo‘g‘inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat ko‘rsatishga qaratilgan islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga alohida etibor qaratilmoqda.
Xususan, Adliya vazirligi ishchi guruhi hamda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 5 oktabrda Termiz shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari hamda yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat tashkilotlari xodimlariga yuridik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha ma’lumot va jarayonlarni to‘liq elektron ravishda yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi “E-huquqshunos” elektron tizimini bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi. 
O‘quv seminarda Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, xizmat ko‘rsatish jarayonida yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro ishni tashkil qilish “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali amalga oshirilishi xususida so‘z yuritildi.