Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

“Jaholatga qarshi ma’rifat”


O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan 2021 yil 2 avgust kuni tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining 2021 yil III va IV choraklarga (II yarim yillikka) mo‘ljallangan ish rejasiga binoan viloyat adliya boshqarmasi xodimlari “Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida Surxondaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga jamoaviy tarzda borildi.

Tadbir davomida xodimlar Surxondaryo viloyati tarixi, u yerda joylashgan tarixiy obidalar, ulardan topilgan asori-atiqalar bilan tanishildi. Shu jumladan, muzey xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyati hududida tarixiy-madaniy jarayonlarning eng qadimgi davrdan bugunga qadar rivojlanishi haqida maʼlumot berildi.

Bunday tadbirlarning tashkil etilishi xodimlarda ishchanlik qobilyatining rivojlanishi, milliy vatanparvarlik va umuminsoniy qadryatlarning shakllanishiga yordam beradi.