Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi


Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida joriy yilning 3 noyabr kuni 2021 yilning 9 oyi davomida boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilish adliya boshqarmasi markaziy apparati, tuman (shahar) adliya bo‘limlari hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.

Hay’at yig‘ilishida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari B.Najmidinovning ma’ruzasi tinglanib, unda boshqarma va uning tizimidagi idoralar tomonidan amalga oshirilgan bir qator e’tiborga molik ishlar hususida to‘xtalib o‘tildi.

Shu jumladan, 2021 yilning 9 oyi sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilishda amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar hususida ham to‘xtalib o‘tildi.

Muhokama etilgan barcha masalalar bo‘yicha Hay’atning tegishli qarori qabul qilinib, boshqarma tomonidan kelgusidagi faoliyat davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni bajarish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgilandi.