Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

“Open justice” (Ochiq adliya) dasturi doirasida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Open justice” (Ochiq adliya) dasturiga asosan joriy yilning 12 noyabr kuni viloyat “Matbuot uyi”da viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2021 yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar xususida jurnalistlar va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. 
Mazkur anjumanda Adliya boshqarmasi tomonidan 2021 yilning 9 oyi davomida huquqiy targ‘ibot, yuridik xizmat ko‘rsatish, inson huquqlarini himoya qilish, davlat tomonidan huquqiy xizmat ko‘rsatish sohalarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborotlar berildi. Shu bilan birga anjuman doirasida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.