Янгиликлар
24
Sayyor qabullar davom etmoqda
Joriy yilning 24-noyabr kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqaramasi boshlig'i o'rinbosari B.Najmidinov tomonidan Bandixon tumanidagi "Bandixon", "Chinor", "Bektepa" mahallasi fuqarolari ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi. Sayyor qabulda tuman kadastr bo'limi, tuman suvoqova, bandlik hamda tibbiyot bo'limlari mas'ul xodimlari ishtirokida 38 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 8 nafar fuqaroning murojaatlari joyida hal etildi. Shuningdek, 15 nafar fuqaroning murojaatlari ko'rib chiqish uchun qabul qilindi.