Янгиликлар
Qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan kengaytirilgan seminar bo'lib o'tdi
Joriy yilning 24-dekabr kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat umumiy yurisdiksiya sudi sudyalari, viloyat ma'muriy sudi sudyalari, Davlat xizmatlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi, Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi, viloyat qurilish bosh boshqarmasi, Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi hamda ushbu tashkilotlarning tuman bo'limlari rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 218-sonli Qaroriga muvofiq, adliya organlariga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini faqat “E-qaror” elektron tizimi orqali amalga oshirilishi hamda bu sohada uchrayotgan kamchiliklar shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-sonli Qarori yuzasidan seminar bo‘lib o‘tmoqda. Seminar davomida“E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilingan noqonuniy qarorlarni bekor qilish hamda oldini olish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berish bilan bir qatorda, qonunchilikdagi mavjud javobgarlik masalalariga ham alohida to'xtalib o'tildi. Shu bilan birga viloyatda yagona tizim joriy qilish bo'yicha hamkor tashkilotlar bilan kelishib olindi.