Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Adliya organlari: Jamiyat ehtiyoji asosiy omil


Adliya organlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan viloyat matbuot uyida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, OAV va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida “Adliya organlari: Jamiyat ehtiyoji asosiy omil” mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi bilan bir qatorda viloyat sudi raisi vazifasini bajaruvchi B.Jumayev, viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A.Bobomurodov, viloyat bojxona boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari X.Xalbayev, Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari K.Xoliqovlar tomonidan o‘z sohalariga oid 2021-yil sarhisobi hamda bugungi kundagi islohotlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.