Янгиликлар
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2021 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha tahliliy M A ʼ L U M O T
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2021 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha tahliliy
M A ʼ L U M O T
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 2020 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi.
I. Boshqarmaga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:
Jumladan, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasiga 2021 yil davomida jami 2473 ta (shundan 1259 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 406 tasi huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solishga oid, 517 tasi ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid, 45 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid, 15 tasi yuridik xizmatlar faoliyatiga oid, boshqa sohalar bo‘yicha 231 ta) murojaatlar kelib tushdi. Kelib tushgan murojaatlarning 2012 tasi hal etildi, 182 tasi tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun yuborildi, 7 tasi qonunda belgilangan asosda va tartibda ko‘rmasdan qoldirildi, 13 tasi hozirda ko‘rib chiqilmoqda.
Kelib tushgan murojaatlarning 2012 tasi (78.2 %, umumiy kelib tushgan murojaatlar sonidan) hal etilib, shundan 810 ta murojaat (40.26 %) qanoatlantirildi, 1200 tasiga (59.6 %) huquqiy tushuntirish berildi, 2 tasi (0.09 %) belgilangan tartibda rad etildi, 182 ta murojaat (9.0 %, umumiy kelib tushgan murojaatlar sonidan) tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun yuborildi.
Xususan, Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi murojaatlarning 54.9 foizi (526 ta), huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi murojaatlarning 33.9 foizi (126 ta), ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyoti sohasidagi murojaatlarning 34.3 foizi (135 ta), nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid murojaatlarning 44.2 foizi (19 ta) murojaatlardagi vajlar o‘z tasdig‘ini topganligi sababli qanoatlantirildi.
Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida turli idoralarga 18 ta taqdimnoma, sudlarga 885 mln so‘mlik 24 ta daʼvo arizalari kiritildi.
Qo‘llanilgan taʼsir choralari natijasida 703 mln. 880 ming so‘m pul mablag‘lari undirildi. Shuningdek, 17 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi.
Kelib tushgan murojaatlarni 266 tasini ko‘rib chiqishda mutaxassislar jalb qilindi, shuningdek 140 ta murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.
II. Boshqarma rahbariyati tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:
Boshqarma rahbariyati tomonidan tasdiqlangan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvallariga asosan Muzrabot, Uzun, Sho‘rchi, Bandixon va Qiziriq tumanida sayyor qabullar tashkil etilib, ushbu sayyor qabullar jarayonida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 172 ta (inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid 138 ta, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid 14 ta va boshqa sohalarga oid 20 ta) murojaatlar kelib tushdi.
Ushbu murojaatlar boshqarmaning tegishli tarkibiy bo‘limlari tomonidan o‘rganib chiqilib, 168 tasi (yaʼni sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlarning umumiy sonidan 97.6 foizi) xal etildi, 4 tasi (yaʼni 2.3 foizi) tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun boshqa tashkilotga yuborildi.
Hal etilgan murojaatlarning 58 tasi (34,5 %) qanoatlantirildi, 110 tasiga (65.4 %) huquqiy tushuntirish berildi.
III. Ayrim sohalar kesimida kelib tushgan murojaatlarning alohida xususiyatlari bo‘yicha tahlili:
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasiga 2021 yil davomida jami 2473 ta (shundan 1259 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, 406 tasi huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solishga oid, 517 tasi ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid, 45 tasi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid, 15 tasi yuridik xizmatlar faoliyatiga oid, boshqa sohalar bo‘yicha 231 ta) murojaatlar kelib tushdi. Kelib tushgan murojaatlarning 2012 tasi hal etildi, 182 tasi tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun yuborildi, 7 tasi qonunda belgilangan asosda va tartibda ko‘rmasdan qoldirildi, 13 tasi hozirda ko‘rib chiqilmoqda.
Инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилиш соҳасида.
O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2021 yil mobaynida Viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga jami 3 740 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan:
Jami ko‘rib chiqilgan 3414 ta murojaatlarning 2168 tasi (63,5 %) qanoatlantirilgan.
Shundan, bevosita boshqarmaning inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi tomonidan hal etilgan 958 ta murojaatlarning 526 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 432 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2 456 ta murojaatlar ko‘rib chiqilish natijasida 1 642 ta qanoatlantirilib, 808 ta huquqiy tushuntirish berilgan.
IV. Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi va hal etilishiga etibor qaratadigan bo‘lsak, quyidagicha natijalarga erishilganligi kuzatiladi:
1. Murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha:
2021 yil davomida jami 2990 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlardan 2952 tasi (98.7 %) xal etilib, shundan 1965 tasi (66.6 %) qanoatlantirildi, 986 tasiga (33.4 %) huquqiy tushuntirish berildi, 1 tasi (0.03 %) rad etildi. Kelib tushgan shikoyatlarning 116 tasi (3.9 %) taalluqliligi bo‘yicha belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun boshqa idoralarga yuborildi, 5 tasi
(0.2 %) ko‘rmasdan qoldirilgan, 22 tasi (0.7 %) hozirda ko‘rib chiqish jarayonida.
Kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish jarayonida ayrim sohalar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarni boshqalariga nisbatan ko‘pligi kuzatildi. Masalan, birgina tuman (shahar) adliya bo‘limlarining o‘ziga qonun hujjatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish va maʼlumotlar berishni so‘rab 133 nafar fuqaro ariza bilan murojat qilgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, mazkur sohaga oid murojaatlar eng ko‘p kelib tushgan hududlarda huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish va jadallashtirishga ehtiyoj katta.
Shuningdek, mehnat nizolari bo‘yicha boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 466 ta shikoyat kelib tushgan bo‘lib, shundan 364 tasi oylik ish haqi masalasidagi shikoyatlardir. Bundan ko‘rish mumkinki, ayrim tashkilot va idoralarda xodimlar mehnatiga qonunda belgilangan tartibda haq to‘lash ishlari yetarli darajada olib borilmayapti. Ish beruvchilar o‘z xodimlariga oylik ish haqlarini vaqtida to‘liq to‘lab berilishini taʼminlay olmay amaldagi mehnat qonunchiligini buzib kelishmoqda. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida har bir ish beruvchi o‘zining joriy moliyaviy holatidan qatʼiy nazar o‘z xodimlariga ularning mehatlari uchun belgilangan tartib va muddatlarda haq to‘lashga majburligi belgilab qo‘yilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda murojaatlarni to‘liq va o‘z vaqtida sifatli ko‘rib chiqilishi yuzasidan quyidagi takliflar bildiriladi:
1. Murojaatlar eng ko‘p kelib tushayotgan sohalar bo‘yicha alohida ishlarni amalga oshirish, jumladan tegishli hududlarda murojaatda keltirilayotgan masalalar bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazish va huquqiy monitoring ishlarini doimiy olib borish;
2. Kelib tushgan murojaatlarning to‘liq va sifatli hal etilishini taʼminlash maqsadida barcha murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish amaliyotini ko‘chaytirish;
3. Boshqarma markaziy apparati tarkibiy bo‘limlari hamda adliya bo‘limlari har chorakda shikoyatlar ko‘paygan sohalarni o‘rganib, sabablarini tahlil qilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyatga va yuqori turuvchi idoralarga takliflar kiritib borish;
4. Murojaatlar ko‘p tushayotgan hududlarda sayyor qabullarni o‘tkazish jarayonida masalani joyida hal qilish choralarini ko‘rish, bunda tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ish tashkil etish;
5. Har chorak yakunlari bo‘yicha shikoyatlar ko‘payish sabablarini umumlashtirish va yig‘ilishlarda muhokama qilish, qolaversa hududlardagi tegishli sektorlar yig‘ilishlarida muhokama qilish choralarini ko‘rish;
6. Boshqarma va uning tarkibiy bo‘linmalari, tuman (shahar) adliya bo‘limlari xodimlari tomonidan qonun hujjatlarini targ‘ibot qilish jarayonida shikoyatlar ko‘paygan sohadagi qonun hujjatlari normalarini targ‘ib qilishga alohida etibor berish, bunda ommaviy axborot vositalari orqali muammoli masalalar bo‘yicha chiqishlar va maqolalarni chop etish choralarini ko‘rish.
Tashkiliy-nazorat va tahlil ishlari bo‘limi
10.01.2022 y