Янгиликлар
Ma'naviyat va ma'rifat soati
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida xodimlarning maʼnaviy dunyoqarishini oshirish hamda ma'naviy kamolotini yuksaltirish maqsadida "Maʼnaviyat soati" tashkil etildi.
Tadbirda buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayot va ijod yo‘li, davlat arbobi va ijodkor sifatida amalga oshirgan ishlari yuzasidan TerDU o'qituvchisi B.Oqbo'tayev tomonidan xodimlarga ma'lumotlar berib o'tildi.
Shuningdek, tadbirda 2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi yuzasidan ham ma'lumotlar berib o'tildi. Tadbir davomida boshqarma xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.