Янгиликлар
12
Advokatlar faoliyatiga bag'ishlangan seminar
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va Advokatlar palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 12-mart kuni hududda faoliyat yuritayotgan advokatlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida advokatura sohasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar va kelgusida bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Mazkur davra suhbati davomida hududda faoliyat yuritayotgan adovkatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.