Янгиликлар
Notariuslar ishtirokida seminar o'tkazildi
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Notarial palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori ijrosi yuzasidan ZOOM platformasi orqali o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar davomida notariuslarga yer uchastkalarini xususiylashtirishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari tomonidan ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish, shuningdek, yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotish yo‘li bilan amalga oshirilishi tartibi tushuntirildi.