Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

O‘rindoshlik asosida ishlovchi xodimlar ham mehnat ta’tiliga chiqishi mumkinligini bilasizmi?


Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasliqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan ish beruvchi tomonidan o‘rindoshlik asosida ishlovchi xodimlarga har yilgi asosiy, shuningdek o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha ta’tillar asosiy ish joyidagi har yilgi mehnat ta’tili bilan bir vaqtda beriladi.

Faqat bunda shuni unutmaslik lozimki, agar o‘rindoshlik asosida ishlashning birinchi ish yilida xodim 6 oydan kam ishlagan bo‘lsa, u holda o‘rindoshlik asosidagi ishda ta’til uchun ishlangan vaqtga proporsional haq to‘lanadi.

Ya’ni birinchi ish yilida 6 oy ishlagan o‘rindoshlarning mehnat ta’tiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun mehnat ta’tiliga o‘rindoshlik asosidagi ishning o‘rtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq to‘lanadi.

O‘rindoshlik asosida ishlash deganda xodimning o‘zining asosiy ishini (funksional vazifasini) bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni bajarishi tushuniladi.

S.Abraev,

Viloyat adliya boshqarmasi

bosh maslahatchisi