Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Millatlararo totuvlik-taraqqiyot garovidir


Dunyoda hozirgi vaqtda globallashuv jarayonlari ketishi bilan birgalikda, milliy nizolar, elat va xalqlarning o‘z mustaqilligi uchun kurash jarayonlari ham davom etmoqda. Rivojlangan davlatlardan biri bo‘lgan Ispaniyada basklar mustaqil davlat tuzishga harakat qilayotganligi, milliy munosabatlar doim ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmasligidan dalolat beradi.

O‘zbekiston Respublikasida 100 dan ortiq millat va elatlar yashaydi. Ko‘p millatli davlatimizda har bir fuqaroning huquqi millatidan qat’iy nazar qonun bilan qo‘riqlanadi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.

Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart.

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasida, O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik shaxsning davlat bilan o‘zaro huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi yig‘indisida ifodalanadigan hamda inson qadr-qimmati, asosiy huquqlari va erkinliklarini e’tirof etish hamda hurmat qilishga asoslanadigan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi.

O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining butun hududi uchun yagona fuqarolik o‘rnatiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, u qanday asoslarda olinganligidan qat’i nazar, hamma uchun tengdir.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdir.

O‘zbekiston Respublikasida har bir inson fuqaro bo‘lish huquqiga egadir. Hech kim O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan mahrum qilinishi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, yoki fuqarolikni o‘zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z organlari va mansabdor shaxslari orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari oldida mas’uldir, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi esa davlat oldida mas’uldir.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda uning hududidan tashqarida amalga oshiradi.

Mazkur konstitutsiyaviy normalar boshqa qonun hujjatlarida jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 9-moddasi, Fuqarolik protsessual kodeksining  8-moddasi, Oila kodeksining 2 va 3-moddalari, Fuqarolik kodeksi 17-moddasining birinchi qismi, Mehnat kodeksining 6-moddasi, Jinoyat kodeksining 5-moddasi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 3-moddasida ham aks ettirilgan.

            Konstitutsiyamizning 43-moddasiga asosan, davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi.

            Yurtimizda har bir fuqaroning millatidan qat’iy nazar erkin yashash, ilm olish, o‘z tilida so‘zlashish huquqlari ta’minlangan.

            Viloyatimiz miqyosida oladigan bo‘lsak hozirgi kunda tojik, turkman, rus madaniyat markazlari belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, faoliyat olib bormoqda. Madaniyat markazlari o‘tkaziladigan bayram va boshqa tadbirlarda doimiy ravishda ishtirok etib kelmoqda va bu esa boshqa millatlarning yurtimizda yashovchi qardosh xalqlarning milliy urf-odatlari va san’atlari bilan tanishishiga imkon yaratadi.

            Shuningdek, Termiz shahrida 2 ta xristian diniga mansub cherkov faoliyat olib bormoqda.

            Bundan tashqari boshqa tillarda chop etiluvchi gazetalar, teleradio eshittirishlar hamda milliy tilda dars beruvchi maktablar mavjud.

            Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak yurtimizda millatlararo totuvlik, dinlararo muloqotlarning rivojlanishi davlatimizning rivojlanishi hamda yanada taraqqiy etishiga xizmat qiladi.

Surxondaryo viloyati adliya

boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i 

B.Gaffarov