Янгиликлар
MAY OYINING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI!
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida 2022-yilning may oyi uchun Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi Beknazarov Rustam Omonqulovich “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.
Beknazarov Rustam Omonqulovich – 1980-yilda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2004-yil O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan.
R.Beknazarov mehnat faoliyatini 2005-yil Termiz shahar Sud ijrochilari bo‘linmasi sud ijrochisi lavozimidan boshlagan.
R.Beknazarov 2022-yildan buyon Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Sho‘rchi tuman adliya bo‘limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Beknazarov Rustam Omonqulovich ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.