Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Davlat xizmatlari ko‘rsatish takomillashmoqda.


Mamlakatimizda fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, aholiga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha doimiy ravishda ishlar olib borilishi natijasida, ko‘plab yengillik va qulayliklar yaratilmoqda.

Ilgari xorijga chiqish uchun pasport olish masalasida fuqarolarning ko‘p vaqtini navbatlarda o‘tkazganligi hech kimga sir emas. Fuqarolar ishlarini tezroq bitkazish uchun “tanish-bilish” axtarish yoki boshqa yo‘llar axtarishga harakat qilishardi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yil 16 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga xorijga chiqish biometrik pasportini berishga doir davlat xizmati ko‘rsatish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–282-son qaroriga asosan, 2022 yil 1 avgustgacha O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishga doir davlat xizmati ko‘rsatish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz/uz) va Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilishi amaliyotga to‘liq joriy qilinadi.

Shuningdek, YaIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etilib, davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat boji summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron to‘lanishi imkoniyati yaratiladi.

         O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishga doir davlat xizmati ko‘rsatishning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishi uzoq hududlarda yashovchi shaxslarning viloyat, tuman markazlariga bormasdan vaqt hamda mablag‘lari tejalishiga sabab bo‘ladi.

 

Surxondaryo viloyati adliya

boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i                                              B.Gaffarov