Янгиликлар
Ma`sul tashkilotlarga yangi Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi
Joriy yilning 14-iyun kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi binosida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-173-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv amaliy seminar tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida, 2022-yil 1-avgustdan boshlab, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) darajasidagi bo‘limlariga “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali ichki buyruq, shartnomalar va boshqa yuridik tusdagi hujjatlarga xulosalar berish tartibi va tizimda ish faoliyat yuritish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.