Янгиликлар
#Adliya_spartakiadasi
Ruslanbek Davletov: Biz katta adliya jamoasimiz — sport esa bizni yanada jipslashtiradi!
“Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, ayniqsa, xodimlarimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviy ruhni kuchaytirish maqsadida Adliya vazirligi tizimida birinchi marta “Adliya spartakiadasi” o‘tkazildi.
Spartakiadada markaziy apparat va hududiy adliya organlaridan 135 nafar ishtirokchi sportning 10 turi bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlari ham mazkur spartakiadada munosib ishtirok etib, sportning arqon tortish, shashka va futbol turlari bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni olishdi.
✅ G‘alaba muborak chempionlar