Янгиликлар
Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan fuqarolarga 500 mln so‘mga yaqin ustama pullari undirib berildi.
Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanda yashovchi fuqarolar I.Abduvoxidov, R.Xolliyev, Sh.Bobomurodov, I.Turaqulov va Sh.Maxammadjonovlarning xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlari mavjud bo‘lsada, ularga tegishli ustamalar to‘lanmaganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaatlari o‘rganib chiqilib, ushbu fuqarolarning manfaatini ko‘zlab fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudiga da’vo ariza va sud buyruqlari kiritildi va mazkur xodimlarga o‘z vaqtida to‘lab berilmagan 32 564 482 so‘mlik ustama pullarini undirish bo‘yicha hal qiluv qarori va sud buyruqlari chiqarildi.
Shuningdek, tumandagi 60 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining xodimlari tuman adliya bo‘limiga murojaat qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabdagi PF-6099-son Farmonining 13-bandiga asosan 2021-yil 1-yanvardan barcha davlat organlari va tashkilotlarida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarga “Sport targ‘ibotchisi” qo‘shimcha vazifasini yuklash va uning bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida ustama pullarini belgilash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, ustama pullari to‘lanmasdan kelayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaatlari o‘rganib chiqilib, o‘rganish natijalariga ko‘ra “Sport targ‘ibotchisi” vazifasi yuklatilgan va shu kungacha ustama pullarini ololmay kelayotgan 60 ta xodimning ham manfaatini ko‘zlab 477 245 677 so‘mlik ariza tartibida sud buyruqlari kiritildi va qanoatlantirilishga erishildi.