Янгиликлар
10
Boysun tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan fuqarolarga 500 mln so‘mga yaqin ustama pullari undirib berildi.
Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan joriy yilning may oyida “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan og‘zaki murojaatlar bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma kiritilib, natijalariga ko‘ra birlashma ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining 2 nafar patronaj va bolalar bo‘limi hamshiralarining har biriga 598 400 so‘mdan jami 1 795 200 so‘m miqdoridagi safar xarajat pullari to‘lab berilishi ta’minlandi.