Янгиликлар
Huquqiy savodxonlik davr talabi
Joriy yilning 9-iyun kuni adliya boshqarmasi xodimlari Q.Ulug‘ov, Sh.Tilovov, S.Yuldashevalar ishtirokida Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. O‘tkazilgan davra suhbati davomida qonunchiligimiz bilan talaba yoshlarga ta’lim va boshqa sohalarda berilayotgan imtiyozlar, qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Muhokama va savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazilgan tadbir davomida talabalar “talaba ishlashi mumkinmi?”, “magistratura bosqichida o‘qimoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga joriy yildan qanday imtiyozlar qo‘llanadi?” va boshqa shu kabi o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy savollariga asoslantirilgan javoblar oldilar.