Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Yangilanayotgan Konstitutsiyada murojaat qilish huquqi institutining takomillashtirilishi.


Mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat barpo etish hamda adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda fuqarolarning murojaatlariga doir qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilish, uni takomillashtirish eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Binobarin, fuqarolarning davlat organlari va mansabdor shaxslarga murojaatlari aynan inson huquqlari ustuvorligi, har bir shaxsning davlat himoyasida ekanligi to'g'risidagi konstitutsiyaviy prinsiplarni amalga oshirishni kafolatlashga qaratilgan.

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasida 35-moddasiga qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Unda, “Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart”,ligi belgilanmoqda.

Mazkur qoidalarni “Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi Pakt, “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida”gi 1966 yil 16 dekabrdagi Xalqaro paktlarning moddalarida ham ko‘rishimiz mumkin. Xususan, Fransiya, Germaniya, Daniya, Norvegiya, Sloveniya va boshqa davlatlar konstitutsiyalarida mahalliy o‘zini o‘zi organlarga murojaat qilish tartibi belgilangan.

Mamlakatimizda mahalla institutini rivojlantirish va aholining muammolarini mahalla darajasida hal qilish uchun keng ko‘lamli choralar ko‘rilmoqda. Shu bilan birga ushbu tendensiyaning huquqiy asoslarini kuchaytirish zaruriyati mavjud.

Mazkur qo‘shimcha Konstitutsiya darajadasida har kimning murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar ro‘yxatini kengaytiradi. Mazkur qo‘shimchaning kiritilishi fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda mahallalarning mas’uliyati oshishiga olib keladi.

O‘zbekiston Respublikasida har bir shaxsning davlat organlariga, muassasalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yoki xalq vakillariga murojaat qilish huquqi konstitutsiyaviy norma asosida shakllantirilmoqda. Konstitutsiyada shaxslarning ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish turlari mustahkamlab qo‘yildi. O‘z navbatida, har bir shaxs ushbu konstitutsiyaviy huquqini bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda amalga oshirishlari mumkin. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart.

Xususan, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida, fuqarolarning murojaat qilish huquqini amalga oshirishlarining tartibi keng yoritib berilgan. Shuningdek, aholining davlat organlari munosabatga kirishlarining huquqiy tartibi ushbu qonun bilan tartibga solingan bo‘lib, ko‘zda tutilgan qoidalar barcha davlat organlari, davlat ishtirokidagi tashkilotlarga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun birdek amal qiladi. Ushbu Qonun davlat organlari va davlat muassasalariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Qonunga muvofiq, bugungi kunda shaxslarning murojaatlari qonuniylik, o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqish, murojaatlarga nisbatan talablarning bir xilligi, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, murojaatlarni ko‘rib chiqishda byurokratizm va sansalorlikka yo‘l qo‘yilmasligi, murojaatlarni ko‘rib chiqishda davlat organlari, tashkilotlar va ular mansabdor shaxslari faoliyatining shaffofligi tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.

Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo’lim

yetakchi maslahatchisi

F.Qulmatov