Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi – yangi Konstitutsiyada inson huquqlari qadri eng asosiy qadriyatlardandir.


“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilib, 24-moddasiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Mazkur loyiha, yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqi bo‘lib, qonun bilan muhofaza qilinishi, inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyat ekanligi belgilanmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanishi qo‘shimcha norma sifatida kiritilmoqda.

O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanishi haqidagi normani aynan Konstitutsiyaga kiritish, mamlakat asosiy qonuniga kiritilganidan so‘ng O‘zbekistonda ayrim jinoyatlar uchun o‘lim jazosini tiklash kerakligi haqidagi munozaralarga chek qo‘yadi. Bularning barchasi “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi Xalqaro paktning 6-moddasida, yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqi ekanligi, bu huquq Qonun bilan muhofaza qilinishi va hech kim o‘zboshimchalik bilan hayotdan mahrum etilishi mumkin emasligi alohida belgilanib o‘tilgan. Yana shuni ham ta’kidlashimiz mumkinki, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa Konvensiyasining 2-moddasida ham shunday qoidalar nazarda tutilgan.

 

Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo’lim boshlig‘i

Q.Ulug‘ov