Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Taʼlim olish huquqining yangi konstitutsiyaviy kafolatlari


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilib, 41-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Mazkur loyihaning matniga ko‘ra, har kim bilim olish huquqiga egaligi,  davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirishga ko‘maklashashi va davlat har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish uchun majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tish huquqini kafolatlashi belgilanmoqda.

Ushbu qo‘shimchalar Prezidentimiz tomonidan Konstitutsiya kuni bayrami munosabati bilan yo‘llangan tabrigida Konstitutsiyani isloh qilish bo‘yicha ko‘rsatib berilgan 9 ta yo‘nalishning to‘qqizinchisi – ya’ni Uchinchi Renessansning to‘rt uzviy halqasi bo‘lmish bog‘cha, maktab, oliy ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish masalalarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo‘yish – vazifasidan ham kelib chiqadi.

Shuningdek, bepul umumiy o‘rta ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi va umumiy o‘rta ta’limning majburiyligi o‘rnatilmoqda. Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 26-moddasida boshlang‘ich ta’limning majburiyligi belgilangan. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning majburiy etib belgilanishi BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotning Bosh konferensiyasida 1960 yil 14-dekabrdagi o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim sohasida kamsitishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Konvensiya talablaridan ham yuqori darajani belgilab qo‘ymoqda.

Ushbu qoidaning Konstitutsiya darajasida belgilanishi har bir fuqaroning bepul o‘rta ta’lim olish huquqini kafolatlaydi.

Maktabgacha ta’lim masalasi jamiyat va davlat hayoti uchun muhimligidan kelib chiqib, mazkur ta’lim ham davlat nazoratida bo‘lishi kerakligi talabi o‘rnatilmoqda.

Shu bilan birga, mamlakat ilm-fani rivojlanishi uchun davlatning ko‘maklashish majburiyatining belgilanishi ilmiy-innovatsion salohiyatni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Pedagog xodimlarning maqomini har jihatdan mustahkamlash – jamiyat va davlatning maqsadi hamda mas’uliyatli vazifasi ekanligiularning  huquqlari, sha’ni va obro‘-e’tibori davlat himoyasida bo‘lishi hamda kasbiy faoliyatiga aralashishga, shuningdek ularning xizmat majburiyatlarini bajarishiga monelik qilishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilanmoqda.

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining 46-maqsadida davlat oliy ta’lim muassasalariga akademik va moliyaviy mustaqillik berish, shu jumladan ular tomonidan mehnatga haq to‘lash, xodimlar soni, to‘lov-kontrakt miqdori va ta’lim shaklini mustaqil belgilash amaliyotini yo‘lga qo‘yish – vazifalari belgilangan. Mazkur normaning mustahkamlanishi ushbu vazifani konstitutsiyaviy darajada kafolatini ta’minlashga xizmat qiladi.

Akademik erkinlik deganda – professor-o‘qituvchilar va talabalarning tashqi aralashuv va ta’qiblardan xavotir olmasdan ilmiy tadqiqotlarda, ta’lim berishda, ta’lim olishda jamiyatdagi muloqotda erkin bo‘lishi tushuniladi.

Mazkur qo‘shimchalar, davlat tomonidan nafaqat davlat ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish uchun, shu bilan birga nodavlat yoki xusususiy ta’lim tashkilotlari yoxud davlat xususiy sheriklik asosidagi ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratishi, ya’ni muhim qonunchilik hujjatlarini qabul qilish, subsidiyalar yoki imtiyozli kreditlar berishi kabi yo‘llar bilan yordam ko‘rsatishi belgilab qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonnuning 45-moddasida “Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga aralashishga, ta’lim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek ushbu pedagog xodimlarning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi”, degan norma Konstitutsiya darajasiga ko‘tarilmoqda.

Yana shuni ham aytishimiz mumkinki, Konstitusiya loyihasining 41-1-moddasida, har kim tanlov asosida davlat ta’lim tashkilotlarida bepul oliy ma’lumot olishga haqli ekanligi Konstitutsiyaviy qonun darajasiga ko‘tarilmoqda.


Farxod Qulmatov,

Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi

Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi

yetakchi maslahatchisi