Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Odam savdosi jinoyati va unga qarshi kurash


O‘tgan asrdan transmilliy tashkiliy jinoyatchilikning “uchta” eng xavfli turi “meros” bo‘lib o‘tdi, ularning birinchisi, xalqaro terrorizm va din niqobi ostidagi zo‘ravonlik ruhi ekstremistik xurujlar, ikkinchisi, narkobiznes yoki narkotrafik bilan shug‘ullanayotgan jinoiy uyushmalar, uchinchisi, odam savdosi bilan shug‘ullanayotgan jinoyatlarning yildan-yilga kuchayotganidir.

Sanab o‘tilgan transmilliy jinoyatchilik, ya’ni xudud yoki chegara tanlamayotgan jinoyatlarning qaysi birini taxlil qilmaylik, ularning barchasi insoniyat sivilizatsiyasiga ochiqdan-ochiq to‘siq ekani, jamiyat taraqiyoti va davlatlar rivojiga jiddiy xavf tug‘dirishi ma’lum bo‘ladi.

Shu sababli, uyushgan jinoyatchilik, xususan xalqaro terrorizm, narkobiznes, qurol-aslahalarni noqonuniy sotish bilan bog‘liq o‘ta og‘ir jinoyatlar qatorida odam savdosining (traffik) har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish muommosi milliy qonunchiligimizda ham dolzarb axamiyat kasb etmoqda.

“Trafiko” so‘zi dastlab, tabak trafik shaklida, ya’ni tamaki savdosi shaklida qo‘llanilgan bo‘lsada, bugungi kunga kelib, odam savdosi yoki zamonaviy kullikning shakli deb talqin etilmoqda.

Xozirgi paytda butun dunyoda insonlarni kamsitish, huquqlarini tan olmaslik, odam savdosi kabi jinoyatlar ko‘payib borayotganligi sir emas. Har yili dunyo bo‘yicha taxminan 2.700.000 nafar inson odam savdosi kabi o‘ta og‘ir jinoyatni kurboniga aylanayotganligi, jabrlanganlarning 80 foizini ayollar yoki yosh bolalar tashkil etayotgani tashvishli hol.

Respublikamizda ham oxirgi yillar davomida huquqni muxofaza qilish organlariga “odam savdosi” qurbonlariga aylangan fuqarolardan mingdan ortiq arizalar kelib tushgan. Ularning murojaatlari asosida jinoyat ishlari kuzgatilgan, tergov yakuniga ko‘ra ayblov xulosalari bilan sudga yuborilgan, viloyat sudi va tuman (shaxar) sudlari tomonidan ushbu toifadagi mazmunan ko‘rib chiqilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi JK ning shaxsning ozodligi sha’ni, kadr kimmatiga karshi jinoyatlar aks ettirilgan bobida “odamlardan foydalanish uchun ularni yollash (135-modda), odam o‘g‘irlash (137-modda), zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiy ravishda ozodlikdan mahrum etish (138-modda)” degan me’yorlar mavjud.

Bundan tashqari shunga o‘xshash kishi a’zolarini kesib olib boshqa kishiga ko‘chirish yoki murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish (104-modda 2-kismining “i” bandi), fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish (131-modda), fuqarolarning teng huquqliligini buzish (141-modda) va boshqa o‘xshash jinoyatlar tarkiblari mavjud.

Odam savdosi jinoyatining motiv va maqsadi g‘araz, ya’ni moddiy foyda yoki daromad ko‘rishni ko‘zda tutadi. Chunki, odam savdosidan ko‘zlangan asosiy maqsad ham jinoyatchining o‘zi yoki boshqa shaxslar orqali pul yoki boshqa moddiy boyliklarga ega bo‘lishdir.

Mazkur jinoyat aldash yo‘li bilan sodir etilmoqda. Aldash usullar turlicha, jumladan, jabrlanuvchilarga ko‘p miqdorda maosh to‘lanadigan ish topib berishlikni vada qilgan xolda ularni boshqa davlat xududiga o‘tkazish, chet elda nikohdan o‘tish uchun tanishish bahonasida u davlatdan bu davlatga olib borib sotish hollari ham uchramoqda.

Shuningdek, boshqa davlatga o‘tkazilgan insonlarga nisbatan kuch ishlatish, ya’ni jismoniy jihatdan urish, do‘pposlash, qiynash, ovqat bermasdan qamab qo‘yish, ba’zan turli darajadagi tan jarohatlari yetkazish, kuch ishlatish tahdidi, ya’ni jinsiy qullikka yoki fohishabozlik bilan shug‘illanishga rozi bo‘lmagan insonni o‘ldirish bilan qo‘rqitish, chet elda yashash uchun ro‘yxati bo‘lmagan, kirish-chiqishi norasmiy bo‘lganlarni o‘sha davlatning tegishli xizmatlariga ushlab berish taxdidi bilan qo‘rqitish yoki juda ko‘p miqdorda jarima to‘lashga majbur qilish, tovlamachilik, ya’ni uning yaqinlarini, farzandlarini el-yurt oldida sharmanda qilish, ularni sha’ni, qadr-qimmatini kamsituvchi, obro‘sizlantiruvchi turli uydurmalarni tarqatish mumkinligini aytib qo‘rqitish orqali ham bunday jinoyatlar amalga oshirilishi mumkin. 

Taxlillar mamlakatimiz fuqarolarini fohishalik bilan shug‘illantirish uchun asosan BAA, Qozog‘iston, Rossiya, Tayland, Turkiya, Xindiston, Isroil, Malayziya, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlariga, majburiy mehnat yoki xizmat ko‘rsatish uchun esa Qozog‘iston va Rossiyaga olib chiqib ketilayotganligini ko‘rsatmoqda.

Bizni bugungi kunda vazifamiz va maqsadimiz bo‘lib o‘tgan, bo‘layotgan hunuk voqealarni, jinoyatlarni sanab, sarhisob qilish emas balki farzandlarimizga qo‘yilgan tuzoq va sirtmoqlar bizning ko‘zimizni ham ochishi kerak. Negaki bizda inson sha’ni qadr-qimmati va boshqa dahlsiz huquqlari Konstitutsiyamiz va qonunlarimiz bilan to‘la kafolatlangan.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi JK 135-moddasi “odam savdosi” deb nomlanib, jazo chorasi kuchaytirildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasida “Odam savdosidan jabrlanuvchilarni ijtimoiy reablitatsiya qilish, ularni normal turmush tarziga qaytarish maqsadida amalga oshirilishi va mazkur shaxslarga yuridik yordam berish, ularni psixologik, tibbiy, kasbiy reablititsiya qilish, ularni ishga joylashtirish, ularga vaqtinchalik turar joy berishni o‘z ichiga olishi belgilab qo‘yilgan.

Xulosa qilib aytganda, insonning sha’ni va qadr-qimmati hurmat va e’zozga loyiq, inson qadriyatlarni toptashga uringan har qanday shaxsga qonun oldida javobgarlik muqarardir. 

            Jinoyat ishlari bo‘yicha

            Termiz shahar sudining raisi 

I.Shaymanov