Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi aralashuvi bilan o‘z vaqtida qayd etilmagan 11 yillik nikoh qonuniy rasmiylashtirildi va 3 nafar farzandiga tug‘ilganlik haqida guvohnoma olib berildi.


Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limiga tumanning Yangi avlod mahallasida yashovchi 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro Nazarov Asqar Xushbakovich tomonidan yo‘llangan murojaatda fuqaro 11 yildan buyon  fuqarolik pasporti bilan bog‘liq muammolari sababli shariy nikoh asosida yashab kelayotganligi, haligacha nikohi qonuniy qayd etilmaganligi va buning natijasida 3 nafar farzandiga tug‘ilganlik haqida guvohnoma ololmaganligi, bu esa o‘z navbatida farzandlarining bog‘cha va maktabga  borishiga to‘sqinlik qilayotganligini bildirib, amaliy yordam berishni so‘ragan.           

Shunga ko‘ra, fuqaroning murojaati o‘rganib chiqilib, Nazarov Asqar Xushbakovich va Raxmanova Hayitgul Parmon qizilarning nikohi qonuniy rasmiylashtirildi hamda ularning 2014-yil 18-martda tug‘ilgan Xushbakova Hosila Asqarovna, 2018-yil 9-martda tug‘ilgan Xushbakova Komila Asqarovna va 2021-yil 5-avgustda tug‘ilgan Xushbakov Azamat Asqarovich ismli farzandlariga tug‘ilganlik haqida guvohnomalar rasmiylashtirilib, ushbu guvohnomalar sayyor ravishda taqdim qilindi.

Shuningdek, birgina joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida tuman adliya bo‘limi FHDY bo‘limi tomonidan tumanda yashovchi turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida tug‘ilganligi qonuniy tartibda qayd etilmagan 28 nafar bolaning tug‘ilganligi muddati o‘tgan tartibda qayd etilib, guvohnomalar rasmiylashtirib berildi.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi