Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Turizm fidoyilari yangi qonun bilan tanishdi.


Viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Q.Ulug‘ov hamda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyat filiali mutasaddilari ishtirokida viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasida “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi va “O‘zbekiston Respublikasining Referendumi to‘g‘risida”gi Qonunlarining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.


Tadbir davomida davlatimiz rahbari raisligida davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan muhim masalalar sohani yangi bosqichda rivojlantirishga xizmat qilayotganligi taʼkidlandi. “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinganligi esa bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirishda muhim oʻrin tutishi, shuningdek, “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi xalqdir” shiori ostida kechayotgan muhim siyosiy jarayon, konstitutsiyaviy islohotlar zamirida qonunchiligimizda bo‘ladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar, mazkur yangilanishlarning mamlakat va fuqarolar uchun ahamiyatli jihatlari, referendumda har bir fuqaroning shaxsan o‘zi ishtirok etishi hamda jamiyatning teng huquqli a’zosi sifatidagi o‘rni va referendumni o‘tkazishga oid qonunchilikda belgilangan talablar haqida so‘z yuritildi.



Shu bilan birga, yangi Qonunning mamlakatimiz rivojidagi oʻrni, oʻziga xos xususiyatlari va davlat xizmatchisining mas’uliyati haqida fikr almashildi. Xodimlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.


Eslatib o‘tamiz: "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi Qonun 10.11.2022 dan kuchga kiradi.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi