Bog'lanish

Telefon
(+998 76) 223-44-75

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Termiz shahar hokimligi binosida "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi


Viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Quvondiq Ulug‘ov hamda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyat filiali mutasaddilari ishtirokida viloyat moliya bosh boshqarmasi, viloyat g‘aznachilik boshqarmasi hamda budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi xodimlariga “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi va “O‘zbekiston Respublikasining Referendumi to‘g‘risida”gi Qonunlarining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Tadbir davomida qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish bilan bir qatorda, ishtirokchilar tomonidan berilgan huquqiy sohalarga oid savollarga javoblar berilib, taklif va mulohazalar ham tinglandi.

Diqqat! "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi Qonun 10.11.2022 dan kuchga kiradi.