Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi mas’ullari hamda Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar va adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan 2022-yil 16-avgustda tasdiqlangan rejaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Notarial palatasi vakillari bilan notariuslar o‘rtasida 2022-yilning avgust-sentyabr oylarida uchrashuvlar tashkil etilishi belgilangan.


Shunga ko‘ra, joriy yilning 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi mas’ullari hamda Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar va adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.



Tadbir davomida viloyat doirasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida notariat sohaga oid amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusidagi rejalar xususida to‘xtalib o‘tildi.