Янгиликлар
Huquqiy maslahat kurslari tashkil etilmoqda.
Qumqo'rg'on tuman adliya bo‘limi tomonidan “Tuman adliya bo‘limlari va yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan huquqiy maslahat kurslarini tashkil etish bo‘yicha, 2022 yilga mo‘ljallangan” reja-grafikka asosan, tuman hokimligida maslahat kursi tashkillashtirildi.
Ma’lumot uchun, huquqiy maslahat kurslarida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, Mehnat qonunchiligi normalari, Korrupsiyaga qarshi kurashish, Korrupsiya uchun javobgarlik hamda yangi qabul qilingan qonun hujjatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilishi ko’zda tutilgan.