Янгиликлар
Ta’lim krediti olish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar
Vazirlar Mahkamasining 2021-yilning 18-avgustidagi 527-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, ta’lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi ariza;
- talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi to‘lov-kontrakt shartnomasi. (Shartnomada o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim)
- ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. ("Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi)
- “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun o‘sha reestrga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma
- Yuqoridagi reestrga kirmaydiganlar uchun birgalikda kredit oluvchi (kafil)ga tegishli ma’lumot.