Янгиликлар
Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida istiqlol shukuhi.
Bugun butun respublikamiz bo‘ylab keng miqyosda nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi tomonidan ham ko‘tarinki ruh bilan qarshi olindi.
Tadbirda istiqlol yillarida amalga oshirilgan islohotlar zamirida adliya tizimda aholi murojaatlari bilan ishlash, huquqiy xizmat sifati oshgani, davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlashgan holda tegishli tartibda tashkil etilayotgani, fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishda bir qator qulayliklar yaratilayotganiga alohida urg‘u berildi.
Bayram munosabati bilan Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimida uzoq yillar faoliyat yuritgan, soha rivojiga ulkan hissa qo‘shgan faxriylar holidan ham xabar olinib, sohada samarali faoliyat yuritayotgan xodimlarga adliya boshqarmasi tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.