Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

“Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi doirasida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.


  Jarqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi va Davlat xizmatlari markazi hamkorlikda “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi doirasida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.


   Uchrashuv davomida ishtirokchilarga xususiy mulk huquqi shaxsning mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi ekanligi, xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi, xususiy mulk daxlsiz va davlat tomonidan himoyalanishi, mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli ekanligi haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

  Shuningdek, mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishiga ko‘ra hamda o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilishi, mulkdor o‘z mol-mulkidan xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishi, uni boshqa shaxslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun tekinga yoxud haq evaziga berishi mumkinligi, davlat xususiy mulkning but saqlanishini ta’minlash va uning ko‘paytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishi bilan bog‘liq qonun hujjatlari mazmuniga ham alohida to'xtalib o'tildi.

   Eslatma! Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-avgustdan 15-sentyabrga qadar “Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir” aksiyasi o‘tkazilmoqda.