Янгиликлар
Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi adliya organlari nazoratida
So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan qonunchilik hujjatlarining mazmun va mohiyatini tushuntirish, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini o‘rganish, o‘z faoliyati yuzasidan jamoatchilikka tizimli ravishda ma’lumotlar taqdim etish masalalarida adliya organlari va muassasalarining roli va mas’uliyati sezilarli ravishda oshmoqda.
Shu maqsadda aholiga soddalashtirilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini kengaytirish, bu borada byurokratiya va sansalorlik holatlarini bartaraf etish davlat xizmatlarini ko‘rsatish milliy tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Xususan, Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan vakolatli tashkilot va korxonalarning davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyati o‘rganilganda, ayrim tashkilotlar faoliyatida tizimli muammolar va qonunbuzilishlar aniqlandi. Birgina Davlat xizmatlarini ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish bo‘limi tomonidan 2022-yilning 6-oyi davomida aniqlangan qonunbuzilishlar natijasida:
29 ta taqdimnoma, 125 ta ogohnoma kiritildi hamda 35 nafar aybdor shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Kiritilgan ta’sir choralar natijasida 25 nafar mas’ul shaxs intizomiy javobgarlikka, 35 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Adliya vazirligida ochiqlikni ta’minlash va jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Surxondaryo viloyati adliya boshqmarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisobot jonli efirda OAV vakillariga taqdim qilinib, shuningdek, sohaga oid muammolar va istiqboldagi rejalar borasida OAV vakillari ishtirokida jonli efirda brifing, press klub tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan
nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i - Ziyodulla Ortiqov