Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

FHDY organlarining vazifasi jismoniy shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishdir.


Quyidagilar FHDY organlari hisoblanadi:

-         Tuman va shahar FHDY boʻlimlari, shuningdek Nikoh uylari

-    Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari FHDY arxivlari.

FHDY boʻlimlari tomonidan 4 ta (tugʻilish, nikoh, ajrim va oʻlimni qayd etish) turdagi harakatlar amalga oshiriladi. Shuningdek, mazkur dalolatnoma yozuvlarini tiklash va o'zgartirish, tuzatish va qo'shimchalar kiritish harakatlarini ham amalga oshiradi.

Unutmang! fuqarolik holati dalolatnomalarini eksterritorial tamoyil asosida qayd etish tartibi joriy etildi. Unga koʻra, fuqarolar doimiy roʻyxatdan oʻtgan joyi (propiskasi)dan qatʼiy nazar FHDY sohasidagi xizmatlardan foydalanishi mumkin.