Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Xodimlarning buzilgan huquqlari tiklanmoqda.


     Termiz shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlarda huquqni qo‘llash amaliyotini monitoring qilish jarayonida Termiz shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmasevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risida Nizom”ga asosan 8 nafar bosh tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 5 foizi miqdorida jami 9 861 453 so‘m qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanmasdan kelinayotganligi aniqlandi.

   Aniqlangan holat yuzasidan Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan Termiz shahar tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma kiritildi va bosh tibbiyot hamshiralariga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lab berildi va xodimlarning huquqlari tiklanishiga erishildi.