Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 451 11 48

Elektron manzil
surxondaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Boysun tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan sudga tadbirkorlik subyekti manfaatini ko'zlab kiritilgan da'vo arizasiga ko'ra 255 000 000 so'mdan ortiq to'lov undiriladigan bo'ldi.


    Boysun tuman adliya bo‘limi tomonidan Boysun tumanidagi “MASTEROK BOYSUN” MChJ rahbari E.Umidullaevning 2020-yildan buyon qurilish yo‘nalishidagi mazkur MChJga rahbarlik qilib kelayotganligi, tuman Xalq ta’limi bo‘limi bilan 2021-yil 31-may kuni tuzilgan 40-sonli shartnomaga asosan ushbu XTB ma’muriy binosining tom qismi va tashqi devori to‘siqlarini joriy ta’mirlab bergan bo‘lsa-da, jami 255 308 390 so‘m miqdordagi qilingan ishlarining qiymati XTB tomonidan joriy yilning hozirgi kunga qadar to‘lab berilmayotganligi sababli, bu borаda masalaga ijobiy yechim topishda amaliy yordam berilishini so‘rab qilgan yozma murojaati o‘rganib chiqildi va MChJ manfaatini ko‘zlab, Sherobod tumanlararo Iqtisodiy sudiga yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risida da’vo arizasi kiritilgan edi.

   Sherobod tumanlararo Iqtisodiy sudining 2022-yil 9-avgustdagi tegishli hal qiluv qaroriga ko‘ra, tuman adliya bo‘limining da’vogar tumanidagi “MASTEROK BOYSUN” MChJ manfaatida kiritilgan da’vo arizasi to‘liq qanoatlantirilib, javobgar Boysun tuman XTB hisobidan da’vogar – ushbu MChJ foydasiga jami 255 308 390 so‘m miqdoridagi zararni undirish belgilandi.