Янгиликлар
«Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Bugun Termiz tuman hokimligi kichik majlislar zalida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali inspektori Begzod Jabborov ishtirokida «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Qonunning mazmun-mohiyati, davlat fuqarolik xizmati qanday tartibga solinadi va xodimlarning xozir faoliyatlarida nima o‘zgarish bo‘ladi hamda xizmatga kirish, uni o‘tash, xizmat bilan bog‘liq boshqa masalalar to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.
Yig‘ilishda tuman hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, apparat xodimlari hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Shuningdek, yig‘ilishda tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Bahodir Ashurov ham ishtirok etib, qonunchilikdagi yangiliklar borasida ma’ruza qildi.